{"id":5480,"date":"2025-12-17T00:11:45","date_gmt":"2025-12-16T19:11:45","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=5480"},"modified":"2025-12-16T12:07:09","modified_gmt":"2025-12-16T07:07:09","slug":"the-world-bank-has-approved-a-250-million-financing-package-for-uzbekistan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/the-world-bank-has-approved-a-250-million-financing-package-for-uzbekistan\/","title":{"rendered":"Jahon banki O\u2018zbekiston uchun 250 million dollar miqdoridagi moliyalashtirish paketini ma\u2019qulladi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<h1 class=\"h1\">Munitsipal infratuzilmani modernizatsiya qilish O\u2018zbekistondagi 1 million aholining hayot sifatini yaxshilaydi<\/h1>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<div class=\"redesign_static_content section\">\n<section>\n<article class=\"lp__body_content section   \">\n<p><strong>VASHINGTON, 2025-yil, 15-dekabr<\/strong>\u00a0\u2013 Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O\u2018zbekiston uchun 250 million dollar miqdoridagi moliyalashtirish paketini ma\u2019qulladi. Ushbu mablag\u2018lar \u201cShaharlarda yashash va unumdorlikni oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish\u201d (Livable and Productive Cities Program, LPCP) dasturi doirasida mamlakatning 16 ta tuman va shahrida aholi va biznes uchun munitsipal infratuzilma va xizmatlarni rivojlantirishga yo\u2018naltiriladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistondagi 37 mln aholining yarmidan ko\u2018pi shaharlarda yashashadi. 2050-yilga borib ushbu ko\u2018rsatkich 60 foizdan oshishi kutilmoqda. Urbanizatsiya jarayonining jadallashuvi shaharni rejalashtirish va boshqarish tizimini, infratuzilma va kommunal xizmatlarni, shu jumladan jamoat transporti va chiqindilarni boshqarish xizmatlarini takomillashtirishni talab qiladi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, shaharlarning nazoratsiz o\u2018sishi, eskirgan kommunal va ijtimoiy infratuzilma, shuningdek, aholining suv ta`minoti va kanalizatsiya xizmatlari, yo\u2018llar va jamoat joylaridan foydalanish imkoniyatining cheklanganligi, fuqarolarning turmush sifati va biznes unumdorligini pasaytirmoqda. Bu muammolar zilzila, jazirama issiq, shaharlarni suv bosishi kabi tabiiy-iqlimiy favqulodda vaziyatlar ta\u2019sirida yanada chuqurlashmoqda.<\/p>\n<p>Ushbu masalalarga yechim topish uchun hukumat 2025-yilda hududlarni jadal kompleks rivojlantirish dasturini ishga tushirdi. Ushbu davlat dasturi jami 3,6 mln aholi istiqomat qiladigan 16 ta strategik muhim tuman va shaharlarda infratuzilmaviy va iqtisodiy rivojlanishni qo\u2018llab-quvvatlashga qaratilgan.<\/p>\n<p>Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan LPCP dasturi davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishni qo\u2018llab-quvvatlaydi va mamlakatning 13 ta hududida infratuzilmani rivojlantirishga yordam beradi. Yangiyo\u2018l va Marg\u2018ilon shaharlari, shuningdek, respublika bo\u2018yicha 14 ta tuman, jumladan, Qo\u2018ng\u2018irot, Chimboy, Asaka, G\u2018ijduvon, G\u2018allaorol, Yakkabog\u2018, Xatirchi, Chortoq, Bulung\u2018ur, Sirdaryo, Denov, Quva, Shovot va Hazorasp tumanlari shular jumlasidandir.<\/p>\n<p>LPCP dasturi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (IMV) tomonidan maqsadli viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi mahalliy hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Dastur quyidagi maqsadlarga erishishni ko\u2018zlaydi:<\/p>\n<ul>\n<li><strong>Aholi va biznesning munitsipal infratuzilma va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish<\/strong>. Bunda ijtimoiy, kommunal, transport, savdo, ishbilarmonlik, turizm infratuzilmasi va jamoat joylarini rivojlantirishga sarmoya kiritiladi. Bular tibbiyot va maktabgacha ta\u2019lim muassasalari, maktablar, suv ta\u2019minoti va kanalizatsiya tizimlari, jamoat hojatxonalari, yo\u2018llar, piyodalar hududlari, bozorlar, bog\u2018lar, shaharni suv toshqinidan himoya qilish inshootlari, shuningdek, tegishli tuman va shaharlarda talab qilinadigan boshqa infratuzilmalardir.<\/li>\n<\/ul>\n<p>LPCP dasturi doirasida yerlarning olib qo\u2018yilishi yoki fuqarolarning majburiy ko\u2018chirilishiga olib kelishi mumkin bo\u2018lgan infratuzilma loyihalari moliyalashtirilmaydi.<\/p>\n<ul>\n<li>Fuqarolarning yashashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, biznesni rivojlantirish, mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish, shuningdek, tabiiy-iqlimiy favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni oshirishga qaratilgan\u00a0<strong>hududlarni rivojlantirishning bosh rejalari va investitsiya rejalarini tayyorlash va amalga oshirish bo\u2018yicha mahalliy hokimiyat organlarining salohiyatini mustahkamlash.<\/strong><\/li>\n<li><strong>Fuqarolar va biznesning bevosita ishtirokida hududlarni rivojlantirishning investitsiya rejalarini ishlab chiqish<\/strong>, bunda ushbu rejalarga kiritiladigan istiqbolli munitsipal obyektlar va xizmatlar ularning ehtiyojlariga, shu jumladan xotin-qizlarning ehtiyojlariga javob berishi, shuningdek, mahalliy iqtisodiyotning o\u2018sishiga va yangi ish o\u2018rinlari yaratilishiga yordam berishi kerakligi inobatga olinadi.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Har yili LPCP dasturida ishtirok etadigan mahalliy hokimiyat organlariga IMV mablag\u2018larini ajratish uchun ular hududiy rejalashtirish sifati, kapital xarajatlarni boshqarish va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish kabi belgilangan samaradorlik ko\u2018rsatkichlariga erishganligi inobatga olinadi. Shunday qilib, LPCP dasturi mahalliy hokimiyat organlarini qo\u2018llab-quvvatlash hajmi ularning faoliyati samaradorligiga bevosita bog\u2018liq bo\u2018lgan mamlakatdagi birinchi moliyaviy model bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>2030-yilga kelib, LPCP dasturi orqali mamlakatning 16 ta tuman va shaharlarida 1 millionga yaqin aholining turmush sharoitlarini to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri yaxshilash rejalashtirilgan, bunda munitsipal xizmatlar va infratuzilma sifatini oshirishdan turmush sifati yaxshilanadigan benefitsiarlarning yarmini ayollar tashkil etadi.<\/p>\n<p>Xususan, dastur 300 ming kishining transport xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaxshilash, shuningdek, 400 ming aholi uchun jamoat joylari va bog\u2018larni rivojlantirishni ta\u2019minlaydi. Dastur doirasida infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishi qurilish sohasida 10 mingga yaqin vaqtinchalik ish o\u2018rinlarini yaratish imkonini beradi.<\/p>\n<\/article>\n<\/section>\n<\/div>\n<hr aria-hidden=\"true\" \/>\n<div class=\"press_release_no section\">\n<div class=\"lp__pressrelease\"><a href=\"https:\/\/www.worldbank.org\/uz\/news\/press-release\/2025\/12\/15\/upgraded-municipal-infrastructure-to-enhance-quality-of-life-for-1-million-people-across-uzbekistan\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><span class=\"lp__pressrelease_title\">PRESS RELEASE NO:<\/span><span class=\"lp__pressrelease_number\">\u00a02026\/ECA\/028<\/span><\/a><\/div>\n<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O\u2018zbekiston uchun 250 million dollar miqdoridagi moliyalashtirish paketini ma\u2019qulladi. Ushbu mablag\u2018lar \u201cShaharlarda yashash va unumdorlikni oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish\u201d (Livable and Productive Cities Program, LPCP) dasturi doirasida mamlakatning 16 ta tuman va shahrida aholi va biznes uchun munitsipal infratuzilma va xizmatlarni rivojlantirishga yo\u2018naltiriladi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4065,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-5480","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5480","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5480"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5480\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5483,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5480\/revisions\/5483"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4065"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5480"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5480"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5480"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}