{"id":5567,"date":"2025-12-27T00:05:03","date_gmt":"2025-12-26T19:05:03","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=5567"},"modified":"2025-12-26T20:13:48","modified_gmt":"2025-12-26T15:13:48","slug":"in-uzbekistan-2026-has-been-declared-year-of-mahalla-development-and-social-prosperity","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/in-uzbekistan-2026-has-been-declared-year-of-mahalla-development-and-social-prosperity\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekistonda 2026-yil \u201cMahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili\u201d deb e\u2019lon qilindi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O\u2018zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etdi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><em>\u2013 So\u2018nggi to\u2018qqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yo\u2018lini bosib o\u2018tdik. Iqtisodiyotimiz yangidan shakllandi, bozor munosabatlari, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini mustahkamladik. Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda,<\/em>\u00a0\u2013 dedi davlatimiz rahbari so\u2018zining avvalida.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Qanchalik og\u2018ir bo\u2018lmasin, boshlangan demokratik islohotlar qat\u2019iy davom ettirilgani, xalqimizning qo\u2018llab-quvvatlashi va yoshlarimizning g\u2018ayrat-shijoati, hamjihatlik asosi bo\u2018lgan mahallaning hayotimizdagi o\u2018rni va ta\u2019siri kuchaytirilgani, odamlarning ongi va dunyoqarashi o\u2018zgarib, el-yurtimiz yanada jipslashgani, tadbirkor, dehqon va fermerlarning tashabbuskorligi va mardona mehnati, o\u2018zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan do\u2018stona tashqi siyosat hisobiga 2025-yilda barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishildi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Bu yil tariximizda birinchi marta yalpi ichki mahsulotimiz 145 milliard dollardan oshdi. Joriy yil eksportimiz 23 foizga oshib, 33,4 milliard dollarga yetkazilishi ta\u2019kidlandi. Eng muhimi, oltin-valyuta zaxiralarimiz ilk bor 60 milliard dollardan oshdi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Iqtisodiyotimizga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 43,1 milliard dollarga yetdi. Jami investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 31,9 foizni tashkil etmoqda. Yetakchi xalqaro reyting agentliklari mamlakatimizning suveren reytingini \u201cBB-\u201ddan \u201cBB\u201d pog\u2018onasiga ko\u2018tardi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Energetika sohasida tub burilish yasalgani hisobiga elektr ishlab chiqarish hajmi 85 milliard kilovatt-soatga yetkazildi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Bu yil 188 ta mahalladagi 715 ming aholi yashaydigan xonadonlarga birinchi marta toza ichimlik suvi kirib bordi, yana 2 million 300 mingga yaqin aholining suv ta\u2019minoti yaxshilandi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Joriy yilda 5 million aholi daromadli bo\u2018lib, ishsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga tushdi. Qariyb 1,5 million ehtiyojmand aholi kambag\u2018allikdan chiqdi, ilk bor 1 ming 435 ta mahalla \u201ckambag\u2018allikdan xoli\u201d hududga aylandi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Kambag\u2018al oilalarga mansub 168 ming nafar bola davlat bog\u2018chalariga imtiyozli asosda qabul qilindi. Bu yildan boshlab 208 ta bog\u2018chada birinchi marta inklyuziv ta\u2019lim tizimi joriy etildi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Yurtimizda kambag\u2018allik darajasi yil boshidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga tushdi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><em>\u2013 Bu ishlarni boshlaganimizda aholining uchdan bir qismi kambag\u2018allik chegarasida yashardi.\u00a0 Kredit, subsidiya, kompensatsiya kabi 100 dan ziyod xizmatlar orqali ijtimoiy himoyaning mutlaqo yangi tizimini yo\u2018lga qo\u2018yganimiz va bularni mahalladagi \u201cyettilik\u201dning o\u2018ziga berganimiz natijasida 8,5 milliondan ziyod odam kambag\u2018allikdan chiqdi, ishsizlik 2 karra qisqardi.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><em>Natijada uch yil oldin kambag\u2018allikni 2026-yil yakuni bilan 2 karra qisqartirish bo\u2018yicha olgan marramizni shu yilning o\u2018zida uddaladik,<\/em>\u00a0\u2013 dedi Prezidentimiz.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Iste\u2019dodli o\u2018g\u2018il-qizlarimiz ta\u2019lim, ilm-fan, madaniyat, san\u2019at, sport va boshqa sohalarda erishayotgan katta yutuqlari bilan ham Yangi O\u2018zbekistonimiz ravnaqiga munosib hissa qo\u2018shayotgani ta\u2019kidlandi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Keyingi paytda yurtimiz global masalalar muhokama qilinadigan xalqaro muloqot maydoniga aylanib bormoqda.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Xususan, bu yil Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi, UNESCO Bosh konferensiyasining sessiyasi, \u201cMarkaziy Osiyo \u2013 Yevropa Ittifoqi\u201d sammiti va xalqaro Iqlim forumiga mezbonlik qilindi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Shuningdek, O\u2018zbekiston, Tojikiston va Qirg\u2018iziston yetakchilarining mart oyida Xo\u2018jandda bo\u2018lib o\u2018tgan uchrashuvida birinchi marta uch mamlakat davlat chegaralarining tutash nuqtasi to\u2018g\u2018risida tarixiy shartnoma imzolandi hamda \u201cAbadiy do\u2018stlik to\u2018g\u2018risidagi deklaratsiya\u201d qabul qilindi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Mintaqamiz davlat rahbarlarining yaqinda Toshkentdagi Maslahat uchrashuvi chog\u2018ida integratsiya jarayonlarini yangi sifat bosqichiga ko\u2018tarish uchun Markaziy Osiyo hamjamiyati strategik formatini tashkil qilish g\u2018oyasi ilgari surildi. Ozarbayjonni Markaziy Osiyo formatiga to\u2018la huquqli a\u2019zo sifatida qabul qilish to\u2018g\u2018risidagi qaror tarixiy ahamiyatga ega bo\u2018ldi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Prezidentimiz ta\u2019kidlaganidek, ushbu qadam Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz o\u2018rtasida strategik bog\u2018liqlik hamda barqarorlikni kuchaytirishi shubhasiz.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Oktabr oyida Bryusselda O\u2018zbekiston va Yevropa Ittifoqi o\u2018rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to\u2018g\u2018risidagi bitim imzolandi. Noyabr oyida bo\u2018lib o\u2018tgan Markaziy Osiyo va AQSH sammiti ko\u2018p tomonlama va uzoq muddatli sheriklikni sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qildi. O\u2018tgan haftada Tokioda Markaziy Osiyo va Yaponiya yetakchilarining uchrashuvida ta\u2019lim, tibbiyot, raqamli texnologiyalar, infratuzilma va sanoat sohalari bo\u2018yicha muhim kelishuvlarga erishildi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Shu haftaning boshida esa Sankt-Peterburgda Mustaqil Davlatlar Hamdo\u2018stligi rahbarlari bilan bo\u2018lib o\u2018tgan uchrashuv ham hamkorlikning yangi yo\u2018nalishlarini belgilab berdi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><em>\u2013 Bularning barchasi xalqaro aloqalarimizni mazmun jihatidan yangi bosqichga olib chiqmoqda. Biz dunyodagi uzoq-yaqin mamlakatlar bilan Sharq va G\u2018arb, Shimol va Janub bilan hamkorlik ko\u2018priklarini qurishda davom etamiz,<\/em>\u00a0\u2013 dedi Prezidentimiz.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Mahalla va yaxshi qo\u2018shnichilik o\u2018zaro uyg\u2018un qadriyatlardir. Ular jamiyatda ijtimoiy kapitalni yanada boyitishga beqiyos hissa qo\u2018shadi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Mamlakatimizda o\u2018tkazilgan ijtimoiy so\u2018rovlarda ishtirok etganlarning 90 foizi o\u2018zini mahalla jamoasining bir qismi deb hisoblashi ham shundan dalolat beradi. Mahallaga shu asosda Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg\u2018usining yuqoriligi ushbu institut, avvalo, ijtimoiy birdamlik manbai ekanini ko\u2018rsatadi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><em>\u2013 Tarix davomida qanday og\u2018ir sinovlarga duch kelmaylik, biz avvalo birdamlikdan kuch oldik. Mashaqqatli kunlarda odamlarimiz, mahalla ahli yelkadosh bo\u2018lib qiyinchiliklarni yenggan. Oila \u2013 oilaga, qo\u2018shni \u2013 qo\u2018shniga ko\u2018mak berib yashagan. Biz mana shunday o\u2018ta noyob qadriyatimizga doimo sodiq qolishimiz, yosh avlodimizni ayni shu ruhda tarbiyalashimiz kerak.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><em>Bugungi kunda jamiyatimizda turli xil fikr va qarashlar bo\u2018lishi tabiiy. Bu \u2013 demokratiyaning birlamchi talabi.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><em>Ammo millati, tili va dinidan qat\u2019i nazar, 38 millionli el-yurtimizni birlashtiradigan ulug\u2018 bir g\u2018oya bor. U ham bo\u2018lsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><em>Mana shunday buyuk maqsadga erishishda mahalla tizimining o\u2018rni va ta\u2019siri beqiyos. Chunki mahalla tinch va ahil bo\u2018lsa, jamiyatimiz tinch va hamjihat bo\u2018ladi. Mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi,\u00a0<\/em>\u2013 dedi Prezidentimiz.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Shularning barchasini hisobga olib, Prezidentimiz\u00a02026-yilni yurtimizda\u00a0\u201cMahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili\u201d, deb e\u2019lon qilishni taklif qildi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Bu tashabbusni yig\u2018ilganlar qizg\u2018in qo\u2018llab-quvvatladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Yangi yil dasturida yurtimizdagi 9 mingdan ziyod mahallani, avvalo, mehr-oqibat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylantirish kabi dolzarb masalalar o\u2018z ifodasini topadi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<em>\u2013 Biz Yangi O\u2018zbekistonni barpo etishda hal qiluvchi bosqichga qadam qo\u2018ymoqdamiz. Bu yo\u2018ldagi ishlarimiz har bir soha va tarmoqda chuqur transformatsiyani talab qiladi.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><em>Maqsadimiz aniq: yaqin yillarda daromadi o\u2018rtadan yuqori mamlakatlar qatoriga kirish.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><em>Farg\u2018ona vodiysidan Orolbo\u2018yigacha, Zarafshon vohasidan Qashqadaryo va Surxondaryogacha, Toshkentdan tortib, Jizzax va Sirdaryogacha \u2013 yurtimizning qaysi hududida yashamasin, har bir fuqaromiz bugundan boshlab islohotlar natijasini kundalik hayotida yanada ko\u2018proq his qilishi kerak.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><em>Shuning uchun kirib kelayotgan 2026-yil davlat boshqaruvi, sud-huquq tizimi, iqtisodiyot tarmoqlari, ta\u2019lim, ilm-fan, tibbiyot, madaniyat, sport, ekologiya tizimini \u2013 barcha-barcha sohalarni rivojlantirishda tub burilish yili bo\u2018ladi,\u00a0<\/em>\u2013 dedi Prezidentimiz.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Davlatimiz rahbari 2026-yilda amalga oshiriladigan eng muhim ustuvor yo\u2018nalishlarga alohida to\u2018xtalib o\u2018tdi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Birinchi ustuvor yo\u2018nalish mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, ularga Yangi O\u2018zbekiston qiyofasini olib kirishdan iborat.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Mahalla infratuzilmasini tubdan yaxshilash orqali mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, uning qiyofasini yanada go\u2018zal va obod qilish ishlari davom ettiriladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Kelgusi yildan mahallani rivojlantirish bo\u2018yicha kompleks yondashuv joriy etiladi. Urbanizatsiya va shaharlarni barqaror rivojlantirish bo\u2018yicha yangi islohotlar boshlanadi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Tadbirkorlikni qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha siyosat davom ettirilib, 2026-yilda asosiy soliq stavkalari o\u2018zgarishsiz qoldiriladi, tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalariga 10 trillion so\u2018mdan ziyod mablag\u2018 ajratiladi. \u00a0Kichik va o\u2018rta biznesni rivojlantirish uchun 140 trillion so\u2018m resurs beriladi. Shundan 43 trillion so\u2018mi xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo\u2018llab-quvvatlashga yo\u2018naltiriladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Ikkinchi ustuvor yo\u2018nalish \u2013 iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o\u2018sish modeliga o\u2018tkazish.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Bundan buyon har bir dollar investitsiya, eng avvalo, ilg\u2018or texnologiyalar transferi, tashqarida bozori aniq, yuqori qo\u2018shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga, energiya, suv, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanishda samaradorlikni oshirishga, mahalliy ishchilarni yangi texnologiyalar bilan ishlashga o\u2018qitish va mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilishi kerakligi ta\u2019kidlandi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Yangi texnologik bosqichga o\u2018tish va qo\u2018shilgan qiymat zanjirini kengaytirish bo\u2018yicha sanoatni rivojlantirish dasturi boshlanadi. 2026-yilda 52 milliard dollarlik 782 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasiga start beriladi. Kelgusi yilning o\u2018zida 14 milliard dollarlik 228 ta yangi yirik quvvatlar ishga tushiriladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Kelgusi yilda iqtisodiyotda 6,6 foiz o\u2018sishni ta\u2019minlab, yalpi ichki mahsulotni 167 milliard dollarga yetkazish prognoz qilinmoqda.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Innovatsiya asosida yuqori texnologik mahsulot ishlab chiqarayotgan korxonalar rag\u2018batlantiriladi. Korxona mutaxassislarining ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlanmalaridan olgan daromadi soliqdan ozod qilinadi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Kelgusi yilda Toshkent shahri, Buxoro, Farg\u2018ona va Toshkent viloyatida 4 ta data-markaz, 2 ta super kompyuter va 15 ta oliygohda sun\u2019iy intellekt laboratoriyasi faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yiladi. Bu tibbiyot, transport, qishloq xo\u2018jaligi, geologiya, bank-moliya, jamoat xavfsizligi kabi muhim sohalarda 100 dan ortiq sun\u2019iy intellekt loyihalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><em>\u2013 Bugun sizlarga yana bir muhim yangilikni aytmoqchiman. Mustaqil O\u2018zbekiston tarixida ilk bor kosmik sohada sun\u2019iy yo\u2018ldosh va mamlakatimiz fuqarosi bo\u2018lgan birinchi o\u2018zbek kosmonavtini fazoga uchirish bo\u2018yicha ishlarni boshladik,\u00a0<\/em>\u2013 dedi Prezidentimiz.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Davlatimiz rahbari uchinchi ustuvor yo\u2018nalish \u2013 ichki bozorda talabni rag\u2018batlantirish masalasiga to\u2018xtaldi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>To\u2018qqiz yilda qulay biznes muhiti yaratilib, tovar va xizmatlar hajmi va turi ko\u2018paytirilgani, kam daromadli oilalar uchun yiliga kamida 1 milliard dollar arzon kredit berilayotgani, inflyatsiya darajasi \u201cbir xonali\u201d raqamga tushirilgani natijasida aholining xarid qobiliyati 2 karra o\u2018sdi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Aholi ehtiyojidan kelib chiqib, iqtisodiyotda eng katta talab yaratadigan uy-joy ipotekasiga 2026-yilda 23 trillion so\u2018m resurs ajratiladi. Uy-joy sotib olishda boshlang\u2018ich to\u2018lov va foiz to\u2018lovlarining bir qismini qoplash uchun 2 trillion 700 milliard so\u2018m subsidiya beriladi. Shuningdek, bitta kvartira uchun ajratiladigan imtiyozli ipoteka kreditining miqdori 15 foizga oshiriladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Xizmatlarga bo\u2018lgan talabni rag\u2018batlantirish uchun 2026-yilda sohaga 85 trillion so\u2018m kredit, 9 trillion so\u2018m subsidiya ajratiladi. Xususan, ta\u2019lim xizmatlari uchun budjetdan 7 trillion so\u2018m beriladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Keyingi besh yilda xorijiy turistlar sonini 2 karra oshirish, turizm xizmatlari hajmini esa 20 milliard dollarga yetkazish bo\u2018yicha katta marra olinmoqda. Shu maqsadda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e\u2019tibor qaratiladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Turistlar oqimi tobora oshayotgani aviatsiya va temir yo\u2018lda yo\u2018lovchi tashish quvvatini 2 barobar ko\u2018paytirishni taqozo etmoqda. Shu bois, 2026-yilda aviaparkdagi havo kemalarining soni 120 taga yetkaziladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Ichki temir yo\u2018llarni rivojlantirish bo\u2018yicha besh yillik dastur qabul qilinadi. Shaharlarni tezyurar poyezdlar qatnovi bilan bog\u2018lash uchun 2026-yildan yana 500 kilometr temir yo\u2018l qurilishi boshlanadi. Avtomobil yo\u2018llarining sifatini yaxshilash, tranzit salohiyatini yanada oshirish maqsadida besh yillik dastur amalga oshiriladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish kelgusi yil uchun dasturning to\u2018rtinchi ustuvor yo\u2018nalishidir.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Hozirgi vaqtda yangi texnologiyalar, raqamlashtirish va sun\u2019iy intellekt ta\u2019sirida dunyoda ish o\u2018rinlarining soni, shakli va mazmuni keskin o\u2018zgarmoqda. Yaqin besh yilda mavjud kasblarning 30 foizi to\u2018liq avtomatlashtiriladi, 50 foizi bo\u2018yicha esa yangi malakalar talab qilinadi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><em>\u00a0\u2013 Endilikda mamlakatimiz mehnat bozori mutlaqo yangi arxitektura asosida \u2013 kasb, malaka, texnologiya va ta\u2019limni birlashtiradigan yagona mexanizm sifatida ishlashi zarur,\u00a0<\/em>\u2013 dedi Prezidentimiz.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>2026-yildan boshlab har yili kamida 100 tadan texnikum to\u2018liq ta\u2019mirlanib, texnologik va talab yuqori bo\u2018lgan kasblarga mos holda jihozlab boriladi. Germaniya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya kabi davlatlarning ilg\u2018or ta\u2019lim dasturlari joriy qilingan texnikumlar soni 100 taga yetkaziladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>2026-yilda 7 ta viloyatda, 2027-yilda esa qolgan hududlarda Ilg\u2018or kasbiy mahorat texnikumi va \u201cKasblar shaharchasi\u201d faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yiladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Tibbiyot tizimida ham kasbiy ta\u2019limni rivojlantirish uchun Angliyaning \u201cPirson\u201d kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamshiralar tayyorlash boshlandi. Endi ana shu texnikumlarga Germaniya, Shveytsariya, AQSH, Yaponiya kabi davlatlarning ta\u2019lim dasturlari ham joriy etiladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Shu asosda xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamshiralar tarkibi shakllantiriladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Beshinchi ustuvor yo\u2018nalish \u2013 ekologik muvozanatni ta\u2019minlash, \u201cyashil\u201d energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanish.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Yirik korxonalarga filtr, tozalash inshooti va havoga chiqariladigan zararli moddalar tashlanmalarini monitoring qilish stansiyasi o\u2018rnatish uchun 100 million dollarlik kredit liniyasi ochiladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Shaharlardagi tirbandliklar nafaqat odamlar hayotini qiyinlashtirmoqda, balki ekologiyaga ham jiddiy zarar yetkazayotgani qayd etildi. Shu bois, dunyo tajribasidan kelib chiqib, avtomobillar chiqarayotgan zararli moddalar darajasiga qarab ekologik stikerlar berish tizimi joriy etiladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Katta miqdorda zararli moddalar chiqaradigan avtomashinalarning poytaxt va viloyat markazlari hamda shaharlarga kirishi cheklanadi. Bunday transport vositalarini yangisiga almashtirish yoki ularga filtr o\u2018rnatish uchun davlat tomonidan qo\u2018llab-quvvatlash choralari ko\u2018riladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Eski mashinasini almashtiraman deganlarga avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi. Filtr o\u2018rnatib, zararni kamaytirishga tayyor bo\u2018lgan haydovchilar uchun xarajatlarining bir qismi bo\u2018yicha subsidiya ajratiladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Poytaxtimiz va yirik shaharlarda jamoat transportini rivojlantirish ustuvor vazifa bo\u2018ladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Ekologik avtomobillarni ko\u2018paytirish bo\u2018yicha besh yillik dastur amalga oshiriladi. Bunda mahalliy elektromobillarga 12 foizli, xorijiy elektromobillarga esa 16 foizli avtokreditlar ajratiladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini tashkil qilish uchun tadbirkorlarga 10 foizli imtiyozli kreditlar beriladi, yerlarni auksiondan 2 karra arzon narxda sotib olish imkoniyati yaratiladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarida avtomobillarni zaryadlashda 1 kilovatt-soat elektr energiyasi narxining 300 so\u2018mdan oshgan qismi davlat budjetidan qoplab beriladi. Elektromobilda taksi xizmati ko\u2018rsatadigan fuqarolarga ham bir qator imtiyozlar beriladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Chang-to\u2018zonlarning oldini olish uchun Surxondaryoda 10 ming gektarda \u201cyashil makon\u201d va Sirdaryoda 84 kilometrli \u201cyashil devor\u201d barpo etiladi. Qoraqalpog\u2018iston, Xorazm, Buxoro va Navoiyda jami 250 ming gektar, jumladan, Orolning qurigan tubida 115 ming gektar yerda daraxt va butalar ekiladi. Har bir hududda botanika va dendrologiya bog\u2018lari hamda 20 tadan soya-salqin sayr ko\u2018chalari barpo qilinadi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Umuman, ekologiya sohasiga 2026-yilda 1 trillion 900 milliard so\u2018m yo\u2018naltiriladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish tadbirlariga 2026-yilda jami 3 trillion 300 milliard so\u2018m yo\u2018naltiriladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Shuningdek, 1 ming 300 kilometr yirik magistral kanallar beton bilan qoplanadi. Bu qo\u2018shimcha ravishda yiliga 500 million kub metr suvni iqtisod qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, joylardagi ochiq drenaj va kollektorlarni yopiq tizimga o\u2018tkazish bo\u2018yicha alohida dastur qabul qilinadi. Kanallarni yopiq tizimga o\u2018tkazish bo\u2018yicha ham katta loyihalar boshlanadi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>160 million dollarlik katta dastur doirasida Toshkent shahrida 150 kilometr yopiq drenaj tizimi barpo etiladi, 197 kilometr kanal va kollektorlar ta\u2019mirlanadi, 63 kilometr yangi kanallar barpo qilinib, shaharda salqin mikroiqlim yaratiladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Oltinchi ustuvor yo\u2018nalish \u2013 zamonaviy davlat boshqaruvi va adolatli sud-huquq tizimi borasidagi islohotlar davom ettiriladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Avvalo, 2026-yildan boshlab Elektron hukumat platformasi tubdan yangilanadi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Endi barcha davlat idoralarining 1 mingdan ziyod davlat xizmatlari, 5 mingdan ortiq funksiya va vazifalari, 240 ta ma\u2019lumot bazasi va axborot tizimi, 100 mingdan ziyod davlat xizmatchisining mahalla, tuman, viloyat, respublika darajasidagi vakolatlari Yagona raqamli platformaga integratsiya qilinadi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><em>\u2013 Eng muhimi, davlat xizmatlarini ko\u2018rsatishda inson omilisiz, korrupsiya va ortiqcha byurokratiyadan xoli ekotizim yaratamiz. Davlat xizmatlarini proaktiv va jamlanma shaklda ko\u2018rsatish tizimini rivojlantiramiz,\u00a0<\/em>\u2013 dedi davlatimiz rahbari.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Bundan buyon davlat xaridlarida tovar, ish va xizmatlarni to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri sotib olish mumkin bo\u2018lgan holatlar faqat qonun bilan belgilanadi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Konstitutsiyaviy islohotlar doirasida viloyat hokimlari va mahalliy kengashlar raislari lavozimlari bir-biridan ajratilgan edi. Endi bu tizim 2026-yildan 208 ta tuman va shaharda ham yo\u2018lga qo\u2018yiladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Davlatimiz rahbari islohotlar samaradorligini ta\u2019minlashda fuqarolik jamiyati institutlarining roli muhim ekanini ta\u2019kidladi. Shu bois, ularni qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha siyosat kelgusida ham izchil davom ettiriladi. Xususan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo\u2018yicha besh yillik strategiya ishlab chiqiladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><em>\u2013 Takror aytaman, yurtimizdagi keng ko\u2018lamli yangilanishlar davrida ochiqlik siyosatidan hech qachon ortga qaytmaymiz. So\u2018z va matbuot erkinligini ta\u2019minlash ustuvor vazifamiz bo\u2018lib qoladi,\u00a0<\/em>\u2013 dedi Prezidentimiz.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Sud-huquq tizimini xalqqa yaqinlashtirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik ishtiroki va roli oshirib borilishi ta\u2019kidlandi. Endi jinoyat protsessiga ingliz huquqidagi davlatlarda ijobiy natija bergan \u201cXalq vakillari hay\u2019ati\u201d instituti bosqichma-bosqich joriy etiladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Narkojinoyatlarga qarshi kurashish umummilliy harakatga aylantirilib, jamiyatda bu illatga murosasiz muhit yaratiladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Ayollar va bolalarga nisbatan zo\u2018ravonlikning oldini olishda barcha davlat idoralari va keng jamoatchilikni safarbar qilgan holda bunday salbiy holatlarga barham berish bo\u2018yicha samarali ishlaydigan tizim yaratish topshirildi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><em>\u2013 Korrupsiya \u2013 davlat taraqqiyotiga to\u2018siq bo\u2018ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid. Korrupsiyaga yo\u2018l qo\u2018yish esa islohotlarimizga xiyonatdir!<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><em>Bu illatga qarshi kurashish bo\u2018yicha 2026-yilda \u201cfavqulodda holat\u201d e\u2019lon qilamiz,\u00a0<\/em>\u2013 dedi davlatimiz rahbari.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Barcha idoralarda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazoratga mas\u2019ul o\u2018rinbosar lavozimi joriy etiladi. Hisob palatasining vakili faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yiladi. Davlatning har bir so\u2018m mablag\u2018i, resursi bo\u2018yicha shaxsiy javobgarlik kuchaytiriladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Jahonda murakkab geosiyosiy va iqtisodiy muammolar tobora avj olib bormoqda. Bunday murakkab vaziyatda barcha davlatlar bilan teng huquqli va konstruktiv munosabatlarni yanada mustahkamlash, mutanosib ochiq tashqi siyosat olib borishga qaratilgan faoliyat davom ettiriladi. Nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, iqtisodiy institutlar bilan yaqin hamkorlik yangi bosqichga olib chiqiladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><em>\u2013 Erishilgan ulkan natijalar, yangi ustuvor vazifalar \u201cO\u2018zbekiston \u2013 2030\u201d strategiyasini qayta ko\u2018rib chiqishni taqozo etmoqda.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><em>Yurtimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga daxldor bo\u2018lgan ushbu hujjat keng jamoatchilik muhokamasidan o\u2018tkazilib, aholining fikr-mulohazalari asosida takomillashtiriladi,\u00a0<\/em>\u2013 dedi Prezidentimiz.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Kelgusi yilda ijtimoiy-madaniy hayotimizdagi muhim sanalar keng nishonlanishi ta\u2019kidlandi. Jumladan, Vatanimiz mustaqilligining shonli 35 yilligi katta bayram sifatida o\u2018tkaziladi. Sohibqiron Amir Temur, Mir Alisher Navoiy bobolarimizning qutlug\u2018 tavallud ayyomlariga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligi qayd etildi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><em>\u2013 Bugun tarixning o\u2018zi, hayotning o\u2018zi zimmamizga buyuk bir mas\u2019uliyatni yuklamoqda. Jonajon Vatanimiz bugun yangicha siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, ma\u2019naviy munosabatlar asosida yashab, mehnat qilayotgan, mustaqil fikrlaydigan, ozod va erkin insonlar diyoriga aylanmoqda.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><em>Bir bo\u2018lsak, yagona xalq, yagona millat bo\u2018lib harakat qilsak, ko\u2018zlagan ulkan maqsadlarimizga albatta yetamiz! Men bu yo\u2018lda mard va olijanob xalqimizga ishonaman! O\u2018zbekistonning beqiyos kuchi va imkoniyatlariga, aziz yoshlarimizning azm-u shijoatiga ishonaman!\u00a0<\/em>\u2013 dedi Prezidentimiz Murojaatnoma yakunida.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Manba: <a href=\"https:\/\/www.president.uz\/oz\/lists\/view\/8833\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti<\/a><\/strong><\/span><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O\u2018zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etdi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5571,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-5567","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5567","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5567"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5567\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5575,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5567\/revisions\/5575"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5571"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5567"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5567"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5567"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}