{"id":5664,"date":"2026-01-09T15:06:24","date_gmt":"2026-01-09T10:06:24","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=5664"},"modified":"2026-01-09T15:06:24","modified_gmt":"2026-01-09T10:06:24","slug":"the-goal-of-attracting-investments-and-resources-is-raising-the-population-s-standard-of-living","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/the-goal-of-attracting-investments-and-resources-is-raising-the-population-s-standard-of-living\/","title":{"rendered":"Investitsiyalar va resurslarni jalb etishdan ko\u2018zlangan maqsad &#8211; aholi turmush darajasini oshirishdir"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><em><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">So\u2018nggi paytlarda turli manbalarda O\u2018zbekistonning jami tashqi qarzi to\u2018g\u2018risida xabarlar paydo bo\u2018lmoqda. 2025-yilning to\u2018qqiz oyi yakunlariga ko\u2018ra ushbu ko\u2018rsatkich 75,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etgani qayd etilmoqda. Bunday ko\u2018rsatkichlarning shakllanishi va mablag\u2018larning yo\u2018naltirilishi masalasi, tabiiyki, buni doimiy kuzatib bormaydiganlar uchun savollar keltirib chiqaradi.<\/span><\/strong><\/em><\/p>\n<p><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">Investitsiyalar va tashqi moliyalashtirish masalalari doimo qiziqish uyg\u2018otadi va savollarni keltirib chiqaradi. Bu tabiiy, zero jamiyat jalb etilayotgan resurslar manbai va ular hisobiga mamlakat qanday natijalarga erishayotganini tushunishni xohlaydi.<\/span><\/strong><\/p>\n<p><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">Bu yerda asosiy tamoyil oddiy: investitsiyalar va resurslarni jalb etishdan ko\u2018zlangan maqsad &#8211; aholining turmush darajasini oshirishdir. Gap balandparvoz hisobotlar yoki raqamlar emas, balki odamlar kundalik hayotida his qiladigan real yaxshilanishlar &#8211; ish o\u2018rinlari, oilalar daromadi, infratuzilma, toza ichimlik suvi, energiya, transport va sifatli ijtimoiy xizmatlar haqida ketmoqda.<\/span><\/strong><\/p>\n<p><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">Tashqi moliyalashtirishning iqtisodiy mantig\u2018i ham aniq: iqtisodiyot tezroq o\u2018sishi uchun resurslar &#8211; kapital, texnologiyalar, uskunalar va yangi bozorlar zarur. Agar mamlakat resurslarni jalb etishni to\u2018xtatsa, o\u2018sish sekinlashadi: kamroq ish o\u2018rinlari yaratiladi, yo\u2018llar va ijtimoiy infratuzilmani yangilash, suv ta\u2019minotini kengaytirish va arzon energiyani ta\u2019minlash qiyinlashadi.<\/span><\/strong><\/p>\n<p><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu bois O\u2018zbekiston iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, YaIM o\u2018sishini ta\u2019minlash va yakuniy natijada aholining hayot sifati hamda umr davomiyligini yaxshilash maqsadida investitsiyalarni izchil ravishda jalb etib kelmoqda. E\u2019tiborga molik jihati shundaki, 2020-yildan buyon umr ko\u2018rish davomiyligi izchil o\u2018sib, 2024-yilda 73,4 yoshdan 75,1 yoshga yetdi.<\/span><\/strong><\/p>\n<p><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, odamlar uchun shiorlar emas, balki ko\u2018rish va baholash mumkin bo\u2018lgan, aniq o\u2018lchanadigan real natijalar muhimdir.<\/span><\/strong><\/p>\n<p><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">Ko\u2018rsatkichning tarkibiga to\u2018xtaladigan bo\u2018lsak, 2025-yil 1-oktyabr holatiga ko\u2018ra O\u2018zbekistonning jami tashqi qarzi 75,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan 37,4 mlrd dollar davlat tashqi qarziga to\u2018g\u2018ri keladi. Qolgan 38 mlrd dollarga yaqini esa davlat kafolatisiz xususiy va davlat korxonalarining qarz majburiyatlari (korporativ qarz) hisoblanadi.<\/span><\/strong><\/p>\n<p><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">Alohida ta\u2019kidlash lozimki, xalqaro tasnifga ko\u2018ra O\u2018zbekistonning davlat qarzi darajasi mo\u2018tadil va boshqariladigan hisoblanadi. 37,6 mlrd dollar miqdoridagi davlat tashqi qarzi taxminan YaIMning 26 foiziga teng. Bu ko\u2018rsatkich jahon amaliyotida makroiqtisodiy barqarorlik uchun potensial xavfli deb baholanadigan chegaraviy darajalardan ancha pastdir.<\/span><\/strong><\/p>\n<p><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">Davlat qarzlari hisobidan amalga oshirilgan ishlar (2017\u20132025 yillar):<\/span><\/strong><\/p>\n<ul>\n<li><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">1 564 km avtomobil yo\u2018llari rekonstruksiya qilindi;<\/span><\/strong><\/li>\n<li><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">470 km temir yo\u2018l liniyalari elektrlashtirildi;<\/span><\/strong><\/li>\n<li><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">6 793 km ichimlik suvi tarmoqlari va 664 km oqova suv tarmoqlari qurildi;<\/span><\/strong><\/li>\n<li><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">96 km issiqlik quvurlari, 1 286 ta individual issiqlik punktlari, 166 ta suv taqsimlash inshootlari va 31 ta oqova suv nasos stansiyasi barpo etildi;<\/span><\/strong><\/li>\n<li><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">2 737 MVt qo\u2018shimcha elektr quvvatlari yaratildi, 1 106 km yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari tortildi;<\/span><\/strong><\/li>\n<li><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">qo\u2018shimcha 2 084 MVt, 16 423 mln kVt\u00b7soat elektr energiyasi va 551,8 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarish yo\u2018lga qo\u2018yildi.<\/span><\/strong><\/li>\n<\/ul>\n<p><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">Transport va shahar xizmatlarini modernizatsiya qilish:<\/span><\/strong><\/p>\n<ul>\n<li><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">4 ta Boeing 787-8 samolyoti;<\/span><\/strong><\/li>\n<li><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">2 ta Talgo-250 yuqori tezlikdagi yo\u2018lovchi poyezdlari;<\/span><\/strong><\/li>\n<li><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">30 ta elektrovoz;<\/span><\/strong><\/li>\n<li><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">metropoliten uchun 70 ta vagon va 29 ta harakat tarkibi;<\/span><\/strong><\/li>\n<li><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">1 900 ta avtobus;<\/span><\/strong><\/li>\n<li><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">1 000 ta tez tibbiy yordam avtomobili;<\/span><\/strong><\/li>\n<li><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">maishiy chiqindilarni yig\u2018uvchi 541 ta texnika;<\/span><\/strong><\/li>\n<li><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">13 ta issiqlik qozoni xarid qilindi.<\/span><\/strong><\/li>\n<\/ul>\n<p><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">Ta\u2019lim va ijtimoiy soha:<\/span><\/strong><\/p>\n<ul>\n<li><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">60 ta oliy ta\u2019lim muassasasida 119 ta o\u2018quv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari tashkil etildi;<\/span><\/strong><\/li>\n<li><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">6 213 ta davlat maktabgacha ta\u2019lim tashkilotlari mebel va o\u2018quv materiallari, 4940 ofis texnikasi bilan jihozlandi.<\/span><\/strong><\/li>\n<\/ul>\n<p><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">Qishloq va suv xo\u2018jaligi:<\/span><\/strong><\/p>\n<ul>\n<li><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">1 593,1 km kanallar qayta tiklandi;<\/span><\/strong><\/li>\n<li><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">3 396 ta gidroinshoot modernizatsiya qilindi;<\/span><\/strong><\/li>\n<li><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">423 ta tik quduq qurildi;<\/span><\/strong><\/li>\n<li><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">2,2 ming gektarda zamonaviy issiqxonalar va 12,6 ming gektarda intensiv bog\u2018lar barpo etildi;<\/span><\/strong><\/li>\n<li><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">sig\u2018imi 334,9 ming tonna bo\u2018lgan muzlatgich omborlari qurildi;<\/span><\/strong><\/li>\n<li><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">258,2 ming tonna mahsulotni qayta ishlash quvvatiga ega korxonalari ishga tushirildi;<\/span><\/strong><\/li>\n<li><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">parrandachilikda 12,3 mln bosh, qo\u2018ychilikda 5 752 bosh va chorvachilikda 26,3 ming boshga mo\u2018ljallangan xo\u2018jaliklar, shuningdek, 90,2 mln dona tikuvchilik va to\u2018qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi.<\/span><\/strong><\/li>\n<\/ul>\n<p><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">Bu ma\u2019lumotlar shu paytgacha loyihalarni amalga oshirish uchun o\u2018zlashtirilgan qarz mablag\u2018lariga taalluqlidir. Infratuzilma va ijtimoiy sohani modernizatsiya qilish bo\u2018yicha ko\u2018plab loyihalar hozir ham davom etmoqda va ishlar yakunlangani sari qo\u2018shimcha samaralar beradi.<\/span><\/strong><\/p>\n<p><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">Umuman olganda, 2017\u20132025 yillarda amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida 2 milliondan ortiq ish o\u2018rinlari yaratildi, eksport hajmi 270 foizga oshdi, jon boshiga YaIM esa 418 foizga ko\u2018paydi.<\/span><\/strong><\/p>\n<p><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">Biroq eng muhim jihat shundaki, resurslarni jalb etish faqat qat\u2019iy qoidalar, shaffoflik va samarali nazorat asosida amalga oshirilishi lozim. Davlat rahbari o\u2018z Murojaatida alohida ta\u2019kidlaganidek, parlament deputatlari loyihalarning butun hayotiy siklini &#8211; tanlov va konkurslardan tortib, ularni amalga oshirish hamda yakuniy natijalargacha &#8211; kuzatib boradi. Loyihalarning holati, bosqichlari va jarayonlari real vaqt rejimida e\u2019lon qilib boriladi, bu esa tanlov va tenderlar qanday o\u2018tayotgani hamda majburiyatlar qanday bajarilayotganini aniq ko\u2018rish imkonini beradi.<\/span><\/strong><\/p>\n<p><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">O\u2018zbekistonning investitsiyalarga yondashuvi nihoyatda aniq: mamlakatning o\u2018sishi uchun resurslar zarur, shu bilan birga aholi manfaatlariga xizmat qiladigan qat\u2019iy nazorat, shaffoflik va o\u2018lchanadigan natijalar ta\u2019minlanishi lozim. Barcha jarayonlar aynan shu tamoyillar asosida &#8211; ochiq, bosqichma-bosqich va aniq mas\u2019uliyat doirasida olib borilmoqda.<\/span><\/strong><\/p>\n<hr \/>\n<p><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">Manba:\u00a0<a href=\"https:\/\/gov.uz\/oz\/miit\/news\/view\/117777\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">O\u2018zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi<\/a><\/span><\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>So\u2018nggi paytlarda turli manbalarda O\u2018zbekistonning jami tashqi qarzi to\u2018g\u2018risida xabarlar paydo bo\u2018lmoqda. 2025-yilning to\u2018qqiz oyi yakunlariga ko\u2018ra ushbu ko\u2018rsatkich 75,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etgani qayd etilmoqda. Bunday ko\u2018rsatkichlarning shakllanishi va mablag\u2018larning yo\u2018naltirilishi masalasi, tabiiyki, buni doimiy kuzatib bormaydiganlar uchun savollar keltirib chiqaradi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5637,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-5664","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5664","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5664"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5664\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5669,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5664\/revisions\/5669"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5637"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5664"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5664"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5664"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}