{"id":5716,"date":"2026-01-13T23:04:27","date_gmt":"2026-01-13T18:04:27","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=5716"},"modified":"2026-01-13T23:04:27","modified_gmt":"2026-01-13T18:04:27","slug":"uzbekistan-s-banking-sector-in-the-cerr-ranking","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/uzbekistan-s-banking-sector-in-the-cerr-ranking\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston bank sektori Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi reytingida"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><em><strong>Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2025 yil yakunlari bo\u2018yicha tuzilgan banklar reytingi natijalariga ko\u2018ra, moliya institutlarining aksariyatida barqaror pozitsiyalarning saqlanib qolinishi ularning raqobatbardoshlik darajasi oshganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, o\u2018rta segmentda ayrim banklar o\u2018rtasida qayta guruhlanish jarayonlari kuzatilmoqda.<\/strong><\/em><\/p>\n<div class=\"cw-wrapper\">\n<p><strong>Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2025 yil IV choragi yakunlari bo\u2018yicha \u00abBanklar faollik indeksi\u00bb natijalariga asoslangan yangilangan Banklar reytingini taqdim etdi.<\/strong><\/p>\n<\/div>\n<p>Tadqiqot respublikada faoliyat yuritayotgan 35 ta tijorat banklarini qamrab olgan bo\u2018lib, ularning 20 tasi filiallar soni va faoliyat ko\u2018lamiga ko\u2018ra yirik moliya institutlari toifasiga, qolgan 15 tasi esa kichik banklar toifasiga kiritilgan.<\/p>\n<p>Indeks 27 turdagi koeffitsiyentlarni guruhlashtirish, respublika o\u2018rtacha koeffitsiyenti yoki Bazel qo\u2018mita talablari bilan solishtirish va reytinglash asosida aniqlanadi.<\/p>\n<p>Mazkur reyting moliya tizimida shaffoflikni oshirish va unga bo\u2018lgan ishonchni mustahkamlashda muhim instrument hisoblanadi. Qo\u2018llanilayotgan yondashuv xalqaro amaliyotga to\u2018liq mos bo\u2018lib, yetakchi xalqaro moliya institutlari tomonidan keng foydalaniladi.<\/p>\n<h2><strong>2025 yil IV choragi yakunlari bo\u2018yicha moliyaviy natijalar<\/strong><\/h2>\n<p>Hisobot davrida bank tizimining jami aktivlari 892,9 trln so\u2018mni (74,2 mlrd dollar), majburiyatlari esa 759,8 trln so\u2018mni (63,1 mlrd dollar) tashkil etdi.<\/p>\n<p>Kredit qo\u2018yilmalari 13%ga oshgan bo\u2018lsa, jalb qilingan depozitlar 31%ni tashkil etdi. Valyuta operatsiyalari ulushining pasayishi milliy valyutaning mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.<\/p>\n<p>Sof foyda 13,5 trln so\u2018mga (1,1 mlrd dollar) yetdi va bu o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan 57,1%ga ko\u2018p.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, muammoli kreditlar ulushi o\u2018tgan yildagi 4,3%dan 3,5%gacha kamaydi, bu kredit portfeli sifatining yaxshilanayotganini ko\u2018rsatadi. Ayrim banklarda mazkur ko\u2018rsatkich o\u2018rtacha darajadan yuqori bo\u2018lib qolmoqda.<\/p>\n<p>Kapital monandlik ko\u2018rsatkichlari minimal talablardan 1,4 barobar qori bo\u2018lib, bank tizimining barqarorligini tasdiqlaydi.<\/p>\n<h2><strong>2025 yil IV choragi bo\u2018yicha yirik banklarning faollik reytingi<\/strong><\/h2>\n<p>2025 yil IV choragi yakunlari bank sektoridagi yetakchi banklar o\u2018z barqaror pozitsiyalarini saqlab qolganini, reytingdagi qayta joylashuv esa cheklangan darajada qolganini ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/static.review.uz\/uploads\/1\/BpUgLB4LsBRXgB9CD4IycUjdboyztzDV.png\" \/><\/p>\n<p>Eng sezilarli o\u2018sishni O\u2018zsanoatqurilishbank ko\u2018rsatib, umumiy reytingda 3 pog\u2018onaga ko\u2018tarildi. Shuningdek, Davr bank, Oriyent finans bank, Xalq banki hamda Ipoteka bank o\u2018z pozitsiyalarini yaxshilab, ijobiy dinamika namoyon etdi.<\/p>\n<p>Ayni paytda, yirik banklar toifasida faqat ikki bankda faollikning pasayishi qayd etildi. Xususan, Invest finans bank va Aloqa bank umumiy reytingda mos ravishda 4 va 3 pog\u2018onaga pastladi.<\/p>\n<p>Umuman olganda, 13 ta bank umumiy faollik reytingida o\u2018z pozitsiyalarini saqlab qolgan bo\u2018lib, raqobat kuchayib borayotgan sharoitda mazkur holat banklarning operatsion samaradorlikni, likvidlikning yetarli darajasini, aktivlar sifatini va barqarorlikni ta\u2019minlash salohiyatini aks ettiradi.<\/p>\n<h2><strong>Asosiy indikatorlar bo\u2018yicha o\u2018zgarishlar dinamikasi<\/strong><\/h2>\n<p>Moliyaviy vositachilik yo\u2018nalishida Tenge bank va Ipak yo\u2018li bank resurslarni jalb qilish va joylashtirish samaradorligi bo\u2018yicha mos ravishda 4 va 3 pog\u2018onaga pasayishni qayd etdi. Shuningdek, ushbu toifada O\u2018zmilliy bank, Aziya Alyans bank, Anor bank, Biznesni rivojlantirish banki hamda Mikrokreditbank bir pog\u2018onaga pastladi.<\/p>\n<p>Moliyaviy ommaboplik ko\u2018rsatkichlari bo\u2018yicha Oriyent Finans bank, Xalq banki, Agrobank, Biznesni rivojlantirish banki va Ipoteka bankda 1 pog\u2018onalik pasayish kuzatildi.<\/p>\n<p>Aktivlar sifati bo\u2018yicha reytingda yirik banklarning oltitasida pasayish qayd etildi. Xususan, Agrobank 3 pog\u2018onaga, O\u2018zmilliy bank, Trast bank, Anor bank, Aloqa bank va Asaka bank esa 2 pog\u2018onadan pastladi.<\/p>\n<p>Butun bank sektori bo\u2018yicha foyda ko\u2018rsatkichlarida umumiy ijobiy dinamika saqlanib qolgan bo\u2018lsa-da, daromad olish salohiyati bo\u2018yicha Milliy bank va Anor bankda mos ravishda 2 va 1 pog\u2018onalik pasayish kuzatildi.<\/p>\n<p>Boshqaruv samaradorligi ko\u2018rsatkichlari bo\u2018yicha Mikrokreditbank va Anor bank zaif natijalarni qayd etib, 2 pog\u2018onadan pastladi.<\/p>\n<p>Likvidlilik ko\u2018rsatkichlari bo\u2018yicha mamlakatdagi yirik banklarning qariyb uchdan bir qismi o\u2018z pozitsiyalarini yo\u2018qotgan. Eng katta pasayish Davr bankda qayd etilib, u 6 pog\u2018onaga pastladi, Agrobank esa ushbu indikator bo\u2018yicha so\u2018nggi o\u2018ringa tushib qoldi.<\/p>\n<h2><strong>2025 yil IV choragida kichik banklar faolligi reytingi<\/strong><\/h2>\n<p>Kichik banklar guruhida nisbiy barqarorlik saqlanib qolmoqda. Reyting peshqadamlari o\u2018z pozitsiyalarini mustahkam ushlab turibdi. Ushbu toifadagi asosiy o\u2018zgarishlar o\u2018rta segment hissasiga to\u2018g\u2018ri kelib, bir qator banklar moliyaviy vositachilik ko\u2018rsatkichlarining o\u2018sishi va daromad olish salohiyati darajasining oshishi hisobidan o\u2018z pozitsiyalarini yaxshilashga muvaffaq bo\u2018ldi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/static.review.uz\/uploads\/1\/jJGYnNNgoBKeM9fp0C0xGVibDryIraHI.png\" \/><\/p>\n<p>Ushbu guruhda 15 ta moliyaviy muassasaning 6 tasi, jumladan reyting peshqadami bo\u2018lgan Universal bank o\u2018z pozitsiyasini saqlab qoldi.<\/p>\n<p>Ayni paytda, beshta bank pasayishni qayd etdi, ular orasida eng katta pasayish Ziraat bank hissasiga to\u2018g\u2018ri kelib, u umumiy reytingda darhol uch pog\u2018onaga tushib ketdi. Shu bilan birga, Apeks bank umumiy reytingda 3 pog\u2018onaga ko\u2018tarildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, AVO bank va Madad invest bank har biri ikkitadan pozitsiyaga ko\u2018tarildi, Oktobank esa bir pog\u2018onaga ko\u2018tarilib, guruh bo\u2018yicha umumiy reytingda 3-o\u2018rinni egalladi.<\/p>\n<hr \/>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/review.uz\/uz\/post\/bankovskiy-sektor-uzbekistana-v-reytinge-ceir-2025\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Review.uz<\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2025 yil yakunlari bo\u2018yicha tuzilgan banklar reytingi natijalariga ko\u2018ra, moliya institutlarining aksariyatida barqaror pozitsiyalarning saqlanib qolinishi ularning raqobatbardoshlik darajasi oshganidan dalolat beradi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5717,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-5716","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5716","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5716"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5716\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5724,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5716\/revisions\/5724"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5717"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5716"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5716"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5716"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}