{"id":580,"date":"2022-04-29T05:14:37","date_gmt":"2022-04-29T05:14:37","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=580"},"modified":"2022-05-05T05:18:48","modified_gmt":"2022-05-05T05:18:48","slug":"development-of-the-transport-system-and-infrastructure-of-the-city-of-samarkand","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/development-of-the-transport-system-and-infrastructure-of-the-city-of-samarkand\/","title":{"rendered":"Samarqand shahri transport tizimi vs infratuzilmasuni rivojlantirish"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-aprel kuni Samarqand shahrida transport tizimini rivojlantirish bo\u2018yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-581\" src=\"http:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/Samarkand-transport-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"800\" height=\"533\" srcset=\"https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/Samarkand-transport-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/Samarkand-transport-300x200.jpg 300w, https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/Samarkand-transport-768x511.jpg 768w, https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2022\/05\/Samarkand-transport.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 800px) 100vw, 800px\" \/><\/p>\n<p>Mamlakatimizning Taraqqiyot strategiyasida Samarqand shahrini istiqbolda \u201cmillionlik shaharlar\u201dga aylantirish maqsadi belgilangan. Buning uchun joriy yilda shahar hududi 28 ming gektar qilib kengaytiriladi. Kelgusi besh yilda Qorasuv mavzesi, Shirin mahallasi va vokzal ortidagi hududda 300 ming aholiga mo\u2018ljallangan yangi uy-joylar barpo etiladi. Shuningdek, turistlar soni 5 million nafarga yetishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Bularning barchasi shaharning transport tizimi, yo\u2018llari va yo\u2018l infratuzilmasini yangidan ko\u2018rib chiqishni taqozo etmoqda.<\/p>\n<p>Hozirda doimiy aholi va tumanlardan keluvchilarni qo\u2018shib hisoblaganda, Samarqand shahrida kuniga 925 ming kishi harakatlanadi. Ularning katta qismi \u2013 592 ming nafari shaxsiy avtomobillarda yuribdi. Jamoat transportidan bor-yo\u2018g\u2018i 330 mingdan ziyod aholi foydalanayapti.<\/p>\n<p>Taqdimotda xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan takliflar muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Unga ko\u2018ra, jamoat transporti tarmog\u2018i magistral, yetkazib beruvchi va ichki yo\u2018nalishlarga ajratiladi. Hozirgiga qo\u2018shimcha 40 ta yangi yo\u2018nalish, xususan, aeroport, vokzal va tarixiy markazlarni bog\u2018laydigan 5 ta ekspress yo\u2018nalish tashkil etiladi. Avtobuslar katta sig\u2018imlisiga almashtirilib, markaziy ko\u2018chalarda ularning harakati uchun alohida yo\u2018lak ajratiladi. 2022-yilda 80 ta, 2023-yilda 100 ta elektrobus olib kelinadi. Bekatlar soni ko\u2018paytiriladi. Samarqand shahar hokimligi tarkibida Transport bo\u2018limi tashkil etiladi. 1 iyuldan boshlab, Samarqand viloyati budjetidan shahar transportiga subsidiya ajratish yo\u2018lga qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari bu ishlarda ilg\u2018or texnologiyalarni qo\u2018llash, yo\u2018l harakatini boshqarishni raqamlashtirish masalasiga alohida e\u2019tibor qaratdi.<\/p>\n<p>\u2013 Hayot tezlashdi, odamlarning faolligi oshdi. Lekin jamoat transporti avvalgiday turibdi. Yo\u2018lni kengaytirish bilan tirbandlik muammosini hal etib bo\u2018lmaydi. Jamoat transportiga ustunlik berish kerak. Dunyo tajribasiga qaranglar. \u201cAqlli svetofor\u201dlar o\u2018rnatib, yo\u2018l harakatini onlayn boshqarib, ko\u2018chalarning o\u2018tkazuvchanligini oshirish zarur. Kelgusida hamma shaharlarimizda shunday qilamiz. Samarqand bunda andoza bo\u2018lishi kerak, \u2013 dedi Prezident.<\/p>\n<p>Pastdarg\u2018om va Bulung\u2018ur tumanlarini Samarqand shahri bilan bog\u2018laydigan elektropoyezd qatnovini yo\u2018lga qo\u2018yish taklifi bildirildi.<\/p>\n<p>Yo\u2018l-transport infratuzilmasini yaxshilash rejalari bo\u2018yicha ham axborot berildi. Bu yil Samarqand shahrida 160 kilometr yo\u2018l ta\u2019mirlanadi, 5 ta yo\u2018l o\u2018tkazgich qurilishi boshlanadi. 102 ta yangi bekat tashkil qilinib, mavjudlari tartibga keltiriladi.<\/p>\n<p>Taqdimotda Samarqand viloyati maxsus ekspluatatsiya-montaj bo\u2018linmasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar ham ko\u2018rib chiqildi. Samarqand shahridagi 49 ta chorrahada \u201ctransport oqimini raqamli boshqarish\u201d tizimi joriy etilishi, 140 ta chorrahaga zamonaviy svetoforlar o\u2018rnatilishi, markaziy ko\u2018chalar zamonaviy yo\u2018l belgilari bilan jihozlanishi qayd etildi. Natijada svetoforda turish vaqti 31 foizga, harakat vaqti 36 foizga, harakat tezligi 17 foizga yaxshilanadi.<\/p>\n<p>Yo\u2018l quruvchi tashkilotlar va Yo\u2018l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini o\u2018qitish, malakasi va dunyoqarashini oshirish, tanlov asosida ishga olish muhimligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p><strong>Qayd etish joizki, \u201cINVEXI\u201d Kompaniyasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining \u201cYashil shaharlar\u201d dasturi doirasida Samarqand shahri uchun elektroavtobuslar yetkazib berish, avtomobil transportini rivojlantirish va tegishli infratuzilmani barpo etish loyihasi bo\u2018yicha Samarqand viloyati Hokimligi va Samarqand viloyati transport boshqarmasiga maslahatchi vazifasini bajarmoqda.<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-aprel kuni Samarqand shahrida transport tizimini rivojlantirish bo\u2018yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":581,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-580","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/580","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=580"}],"version-history":[{"count":6,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/580\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":587,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/580\/revisions\/587"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/581"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=580"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=580"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=580"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}