{"id":5834,"date":"2026-01-22T13:14:38","date_gmt":"2026-01-22T08:14:38","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=5834"},"modified":"2026-01-24T13:25:27","modified_gmt":"2026-01-24T08:25:27","slug":"world-bank-supports-central-asia-s-first-regional-electricity-market","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/world-bank-supports-central-asia-s-first-regional-electricity-market\/","title":{"rendered":"Jahon banki energiya xavfsizligi va undan foydalanish imkoniyatini oshirish uchun Markaziy Osiyoda birinchi mintaqaviy elektr energiyasi bozori yaratilishini qo\u2018llab-quvvatlaydi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div class=\"redesign_static_content section\">\n<section>\n<article class=\"lp__body_content section   \">\n<p><em><strong>VASHINGTON, 2026-yil 22-yanvar\u00a0\u2013 Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi bugun\u00a0<a href=\"https:\/\/projects.worldbank.org\/en\/projects-operations\/project-detail\/P509488\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">\u201cMarkaziy Osiyoda elektr energiyasi bozorini rivojlantirish va energiya tizimlari integratsiyasi\u201d (REMIT) dasturini<\/a>\u00a0tasdiqladi. Dasturni amalga oshirish 10 yil davom etadi. U uch bosqichga bo\u2018lingan bo\u2018lib, ularning asosiy maqsadi mintaqa energetika sohasida hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Dastur Markaziy Osiyoda birinchi mintaqaviy elektr energiyasi bozorini yaratish, savdoni rivojlantirish, elektr uzatish tizimlarining o\u2018tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarining mintaqa mamlakatlari energiya tizimlariga keng ko\u2018lamli integratsiyasi uchun asos yaratishga qaratilgan.<\/strong><\/em><\/p>\n<p><strong>REMIT dasturining birinchi bosqichi doirasida Qirg\u2018iziston Respublikasi, Tojikiston va O\u2018zbekiston, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining \u201cEnergiya\u201d muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik markaziga dastur doirasida tegishli chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun umumiy qiymati 143,2 million dollarlik grantlar va imtiyozli kredirlar ajratiladi. Ushbu mablag\u2018larning 140 million dollari Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) resurslaridan va 3,2 million dollari\u00a0<a href=\"https:\/\/www.vsemirnyjbank.org\/ru\/region\/eca\/brief\/cawep\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Markaziy Osiyo suv va energetika dasturi (CAWEP)<\/a>\u00a0grantlari ko\u2018rinishida ajratiladi.<\/strong><\/p>\n<p>Markaziy Osiyoda elektr energiyasiga bo\u2018lgan talab tez sur\u2019atlar bilan o\u2018sib bormoqda va hozirgi tendensiyalardan kelib chiqib, 2050-yilga borib ushbu talab uch barobar oshishi mumkin. Mintaqa iqtisodiyotining o\u2018sishi, aholi sonining ko\u2018payishi, sanoat rivojlanishi va shaharlarning kengayishi bilan arzon, ishonchli va barqaror energiyaga bo\u2018lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda.<\/p>\n<p>Energiya xavfsizligi va hamyonbopligini oshirish uchun sezilarli salohiyat borligiga qaramay, Markaziy Osiyoda elektr energiyasi savdosi hali ham cheklanganligicha qolmoqda va elektr energiyasiga bo\u2018lgan umumiy talabning atigi 3 foizini tashkil etadi. Garchi mintaqa bir-birini to\u2018ldiruvchi va boy toza energiya resurslariga ega bo\u2018lsa-da, qayta tiklanadigan energiya manbalari elektr energiyasi ishlab chiqarishning atigi 4 foizini tashkil etadi va ushbu manbalarning salohiyatidan haligacha to\u2018laligicha foydalanilmaydi.<\/p>\n<p>REMIT dasturi mintaqaning bir-birini to\u2018ldiruvchi energiya resurslaridan, jumladan, Qirg\u2018iziston Respublikasi va Tojikistondagi gidroenergetika, Qozog\u2018iston, Turkmaniston va O\u2018zbekistondagi issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish, shuningdek, Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida o\u2018sib borayotgan quyosh va shamol energiyasi salohiyatidan foydalanishga qaratilgan.<\/p>\n<p>Keyingi o\u2018n yil ichida REMIT dasturi elektr energiyasi savdosi hajmini yiliga kamida 15 000 GVt\/soatgacha oshirishga yordam beradi \u2013 bu butun Markaziy Osiyo bo\u2018ylab millionlab odamlarning yillik ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo\u2018ladi. Shuningdek, u elektr uzatish liniyalarining o\u2018tkazuvchanlik quvvatini 16 GVt gacha uch baravardan ko\u2018proqqa oshirishga, shuningdek, mintaqa mamlakatlarining energiya tizimlariga 9 GVt gacha toza energiya quvvatlarini integratsiya qilishga yordam beradi. Mintaqaviy energetika integratsiyasini mustahkamlash yanada muvozanatli va barqaror energiya tizimini yaratish, elektr ta\u2019minotidagi uzilishlarni kamaytirish, uy xo\u2018jaliklari va biznes uchun energiya narxini pasaytirish imkonini beradi.<\/p>\n<p><i>\u201cREMIT dasturi Markaziy Osiyo mamlakatlarining energetika sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va mintaqaviy elektr energiyasi bozorini yaratishga bo\u2018lgan tashabbusini qo\u2018llab-quvvatlaydi. Bu energiya resurslaridan, jumladan, transchegaraviy toza energiya almashinuvi orqali yanada samarali foydalanish, energiya ta\u2019minoti ishonchliligini oshirish, aholi va biznes uchun elektr energiyasini arzonlashtirish, shuningdek, yangi ish o\u2018rinlarini yaratish imkonini beradi,\u201d<\/i>\u00a0\u2013 deya ta\u2019kidladi\u00a0<strong>Jahon bankining Markaziy Osiyo bo\u2018yicha mintaqaviy direktori Naji Benxasin<\/strong>.\u00a0<i>\u201c2050-yilga kelib, kengroq energiya integratsiyasi va elektr savdosini rivojlantirish mintaqaga 15 milliard dollargacha iqtisodiy foyda keltirishi mumkin\u201d.<\/i><\/p>\n<p>REMIT dasturini moliyalashtirishning umumiy taxminiy hajmi 1,018 milliard dollarni tashkil etadi va uni uch bosqichda amalga oshirishni nazarda tutadi. Ushbu mablag\u2018lar Markaziy Osiyoda mintaqaviy elektr energiyasi bozorini ishlab chiqish va ishga tushirish, mintaqaviy elektr energiyasini uzatish infratuzilmasini mustahkamlash, energiya tarmoqlarining ishonchliligini oshirish uchun raqamli tizimlarni joriy etish, shuningdek, energetika sohasida mintaqaviy institutlar va muvofiqlashtirishni kuchaytirishga yo\u2018naltiriladi. Shuningdek, dastur doirasidagi investitsiyalar mintaqa mamlakatlariga energetika infratuzilmasini qurish sohasida ham, mintaqaviy elektr energiyasi bozorini boshqarish sohasida ham yuqori malakali mutaxassislar uchun yangi ish o\u2018rinlarini yaratishga yordam beradi.<\/p>\n<p><i>\u201cKuchaytirilgan energiya tarmog\u2018iga asoslangan Markaziy Osiyo mintaqaviy elektr energiyasi bozorining ishga tushirilishi energiya xavfsizligini oshirish, qayta tiklanadigan energiya manbalarining keng ko\u2018lamli integratsiyasini qo\u2018llab-quvvatlash va xususiy investitsiyalarni jalb qilish imkonini beradi. Birinchi bosqich doirasida energiya tarmog\u2018iga 900 MVtga yaqin yangi toza energiya quvvatlarining integratsiyalashuvi ta\u2019minlanishi kutilmoqda, bu esa qariyb 700 million dollar xususiy investitsiyalarni jalb qilish imkonini beradi. Qayd-etilgan chora-tadbirlar ushbu jadal rivojlanayotgan mintaqada yanada ishonchli va integratsiyalashgan energiya tizimi uchun poydevor yaratadi,\u201d<\/i>\u00a0&#8211; dedi\u00a0<strong>Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida infratuzilma masalalari bo\u2018yicha direktori Charlz Kormye<\/strong>.<\/p>\n<p>REMIT dasturining keyingi bosqichlari yuqorida qayd etilgan natijalarga tayangan holda mintaqaviy elektr energiyasi bozori ko\u2018lamini kengaytirish, o\u2018tkazuvchanlik qobiliyatini va mintaqaviy infratuzilmani raqamlashtirishni kuchaytirish, shuningdek, tegishli mintaqaviy institutlarning o\u2018zaro hamkorligini mustahkamlash imkonini beradi.<\/p>\n<p>Mintaqa mamlakatlari o\u2018rtasida elektr energiyasi almashinuvini muvofiqlashtirish vakolatiga ega bo\u2018lgan Markaziy Osiyo davlatlarining \u201cEnergiya\u201d muvofiqlashtirish dispetcherlik markazi bozor va institutsional chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun mas\u2019ul bo\u2018ladi, elektr energiyasini uzatish bo\u2018yicha milliy kompaniyalar esa REMIT dasturi doirasida infratuzilmaviy investitsiyalarni amalga oshiradi. Markaziy Osiyo mamlakatlarining energetika vazirliklari va ijro etuvchi agentliklarini o\u2018z ichiga olgan Mintaqaviy boshqaruv qo\u2018mitasi REMIT dasturining amalga oshirilishi ustidan umumiy nazoratni amalga oshiradi.<\/p>\n<hr \/>\n<h4 class=\"lp__lead_smtitle\"><strong>Muharrirlar uchun qaydlar<\/strong><\/h4>\n<p><a href=\"https:\/\/www.vsemirnyjbank.org\/ru\/region\/eca\/brief\/cawep\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Markaziy Osiyo suv va energetika dasturi (CAWEP)<\/a>\u00a0\u2013 Jahon banki tomonidan Yevropa Ittifoqi, Shveysariya va Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda boshqariladigan donorlik maqsadli jamg\u2018armasi hisoblanadi. Dastur mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida suv va energetika xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan.<\/p>\n<hr \/>\n<\/article>\n<\/section>\n<div class=\"clearfix\">\u00a0<\/div>\n<\/div>\n<div class=\"press_release_no section\">\n<div class=\"lp__pressrelease\"><a href=\"https:\/\/www.worldbank.org\/uz\/news\/press-release\/2026\/01\/22\/central-asia-regional-electricity-market-interconnectivity-and-trade-program\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><span class=\"lp__pressrelease_title\">PRESS RELEASE NO:<\/span><span class=\"lp__pressrelease_number\">\u00a02026\/ECA\/034<\/span><\/a><\/div>\n<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi bugun \u201cMarkaziy Osiyoda elektr energiyasi bozorini rivojlantirish va energiya tizimlari integratsiyasi\u201d (REMIT) dasturini tasdiqladi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4050,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-5834","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5834","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5834"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5834\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5839,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5834\/revisions\/5839"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4050"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5834"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5834"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5834"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}