{"id":588,"date":"2022-04-27T05:28:36","date_gmt":"2022-04-27T05:28:36","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=588"},"modified":"2022-05-05T05:30:24","modified_gmt":"2022-05-05T05:30:24","slug":"a-new-procedure-for-regulating-crypto-assets-is-being-introduced-in-uzbekistan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/a-new-procedure-for-regulating-crypto-assets-is-being-introduced-in-uzbekistan\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekistonda kripto-aktivlarni tartibga solishning yangi tartibi joriy etilmoqda"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p>2022-yil 27-aprelda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-121-sonli maxsus qarori qabul qilindi.<\/p>\n<p>Mazkur hujjatga muvofiq, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritildi.<\/p>\n<p>Xususan, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O\u2018zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga (keyingi o\u2018rinlarda Agentlik deb yuritiladi) aylantirildi.<\/p>\n<p>Quyidagilar Agentlikning ustuvor vazifalari va faoliyat yo\u2019nalishlari etib belgilandi:<\/p>\n<ul>\n<li>kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;<\/li>\n<li>kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta\u2019minlash;<\/li>\n<li>kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg\u2018in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo\u2018yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;<\/li>\n<li>davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ma&#8217;lumotlarning taqsimlangan reestri texnologiyasi va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish bo&#8217;yicha loyihalarni boshlash va ilgari surishda ko&#8217;maklashish.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Farmon bilan, shuningdek, Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish, ushbu sohadagi litsenziyalash va litsenziyalash tartib-taomillarini rivojlantirish bo\u2018yicha vakolatli organ ekanligi belgilandi. Agentlik tuzilmasida kripto-aktivlar aylanmasi sohasida innovatsion texnologiyalarni sinovdan o\u2018tkazish va o\u2018rganish bo\u2018yicha Ixtisoslashtirilgan laboratoriya faoliyat ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>Farmon bilan kripto-aktivlar aylanmasi sohasida alohida tartibga solish tartibi to\u2018g\u2018risidagi nizom tasdiqlandi. Shu bilan birga, Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi \u00a0sohasida texnologiyalarni joriy qiluvchi yuridik shaxslar uchun alohida tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutuvchi, kripto-aktivlar aylanmasi \u00a0sohasida Maxsus tartibga solish rejimini (maxsus tartibga soluvchi \u201cqumdoni\u201d rejimi) o\u2018rnatadi.<\/p>\n<p>&laquo;Tartibga soluvchi qumdoni&raquo;ning Maxsus rejimida pilot loyihalarni amalga oshirish doirasida:<\/p>\n<ul>\n<li>O\u2018zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro\u2018yxatlar bo\u2018yicha o\u2018z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan import asbob-uskunalar, butlovchi qismlar, ehtiyot qismlar, yig\u2018imlar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta\u2019minot uchun barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg\u2018armalariga majburiy ajratmalarni to\u2018lashdan, shuningdek, bojxona to\u2018lovlaridan (bojxona yig\u2018imlaridan tashqari) ozod etiladi;<\/li>\n<li>Maxsus tartibga soluvchi qumdoni rejimi ishtirokchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bo\u2018yicha xodimlar tomonidan olingan ish haqi ko\u2018rinishidagi daromadlar 7,5 foiz miqdoridagi yagona stavka bo\u2018yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig\u2018iga tortiladi va soliq solish maqsadida aniqlangan jismoniy shaxslarning yillik jami daromadlariga kiritilmaydi.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Farmonda raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish bo\u2019yicha eng muhim vazifalar, shu jumladan mayning (turli kripto-aktivlarda yangi birliklar va komissiya yig\u2019imlari formatida mukofot olish imkonini beradigan taqsimlash platformasini ta\u2019minlash va yangi bloklar\u00a0 yaratish bo\u2019yicha faoliyat), smart kontrakt (raqamli tranzaktsiyalarni avtomatik tartibda amalga oshirish orqali huquq va majburiyatlar bajarilishini nazarda tutuvchi electron shakldagi shartnoma), konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug&#8217;urtalash, shuningdek ma&#8217;lumotlarning taqsimlangan reestiri texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish.<\/p>\n<p>Farmon bilan quyidagilar belgilandi:<\/p>\n<ul>\n<li>yuridik va jismoniy shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog\u2018liq operatsiyalari, shu jumladan norezidentlar tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalari soliqqa tortilmaydi va ushbu operatsiyalardan olingan daromadlar soliqlar va boshqa majburiy to&#8217;lovlar bo\u2018yicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi;<\/li>\n<li>kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziya olgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog\u2018liq valyuta operatsiyalariga valyutani tartibga solish bo&#8217;yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalar qo\u2018llanilmaydi.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Farmon bilan Mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshirilishi belgilandi. Mayning ucun yagona elektr energetika tizimiga ulangan holda elektr energiyadan foydalanilgan taqdirda iste\u2019mol qilingan elektr energiyasi uchun to\u2018lovlar belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar o\u2019suvchi koeffitsientga muvofiq to\u2019lanadi.<\/p>\n<p>Mayning Agentlik tomonidan majburiy ro&#8217;yxatdan o&#8217;tkaziladi va litsenziyalanadigan faoliyat turiga kirmaydi.<\/p>\n<p>Xizmatlar provayderlari faqat O\u2018zbekiston Respublikasining rezidentlari \u2013 yuridik shaxslar bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n<p>Farmonda, shuningdek, 2023-yil 1-yanvardan boshlab O\u2018zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash bo\u2018yicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirishlari mumkinligi belgilandi.<\/p>\n<p>Quyosh fotoelektr stansiyalari uchun asbob-uskunalari va qurilmalaridan foydalanuvchi maynerlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tiklanadigan energiya sohasida soliq, bojxona va boshqa imtiyozlar hamda preferensiyalardan foydalanish huquqiga ega.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>2022-yil 27-aprelda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-121-sonli maxsus qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatga muvofiq, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritildi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":589,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-588","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/588","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=588"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/588\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":592,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/588\/revisions\/592"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/589"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=588"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=588"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=588"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}