{"id":5924,"date":"2026-02-05T10:31:17","date_gmt":"2026-02-05T05:31:17","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=5924"},"modified":"2026-02-06T10:41:09","modified_gmt":"2026-02-06T05:41:09","slug":"law-on-the-introduction-of-islamic-banking-in-uzbekistan-reviewed","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/law-on-the-introduction-of-islamic-banking-in-uzbekistan-reviewed\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekistonda islomiy bank faoliyatining joriy etilishiga oid Qonun ko\u2018rib chiqildi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><em><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisida moliyaviy vositalarni kengaytirish hamda moliya sektorining barqaror rivojlanishini qo\u2018llab-quvvatlashga qaratilgan, mamlakatda islomiy bank faoliyatini joriy etish to\u2018g\u2018risidagi qonun loyihasi ko\u2018rib chiqildi va ma\u2019qullandi.<\/strong><\/em><\/p>\n<p>Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O\u2018zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qo\u2018shimcha va o\u2018zgartirishlar kiritish to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonun muhokama qilindi.<\/p>\n<p>So\u2018zga chiqqanlar ta\u02bckidlaganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda zamonaviy bank xizmatlarini joriy qilishga va xalqaro tajribani inobatga olgan holda bank tizimini rivojlantirishga qaratilgan keng ko\u2018lamli ishlar olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Bugungi kunda moliyaviy xizmatlar qamrovini kengaytirish va xalqaro islomiy moliya standartlariga muvofiq yangi turdagi muqobil bank xizmatlarini joriy etish zarurati yuzaga kelayotgani ta\u02bckidlab o\u2018tildi. Shundan kelib chiqib, mazkur Qonun bilan 2\u00a0ta kodeks hamda 7\u00a0ta qonunga islomiy bank faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilovchi yangi normalar kiritilmoqda.<\/p>\n<p>Xususan, Qonun bilan islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya turi joriy qilinib, unga oid talablar belgilanmoqda. Jumladan, mazkur litsenziya bilan banklar tomonidan to\u2018liq islomiy bank faoliyatini amalga oshirish yoki bir vaqtning o\u2018zida ham an\u02bcanaviy, ham islomiy bank faoliyatini amalga oshirish imkoniyati paydo bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, islomiy moliya faoliyati bilan bog\u2018liq masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Markaziy bank va islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarda islomiy moliya kengashini tashkil etish hamda uning faoliyatiga doir talablar belgilanmoqda.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, islomiy moliya operatsiyalarining o\u2018ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, Soliq kodeksiga islomiy moliya operatsiyalarini soliqqa tortish tartibini belgilovchi alohida bob kiritilmoqda. Unga asosan islomiy moliya faoliyatidan olingan daromadlar soliq solish maqsadlarida foizli daromadlarga tenglashtirilib, banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan mijozga realizatsiya qilinadigan tovarlarga qo\u2018yiladigan ustama QQSdan ozod qilinmoqda.<\/p>\n<p>Senatorlarning fikricha, ushbu Qonunning aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarining kengayishiga, mamlakatimizda raqobat muhitining yaxshilanishiga hamda bank-moliya sohasiga yangi strategik investorlarning kirib kelishiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Muhokama yakunida senatorlar Qonunni ma\u02bcqulladi.<\/p>\n<hr \/>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/senat.uz\/plenary-sessions\/post-4640\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati<\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisida moliyaviy vositalarni kengaytirish hamda moliya sektorining barqaror rivojlanishini qo\u2018llab-quvvatlashga qaratilgan, mamlakatda islomiy bank faoliyatini joriy etish to\u2018g\u2018risidagi qonun loyihasi ko\u2018rib chiqildi va ma\u2019qullandi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5499,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-5924","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5924","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5924"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5924\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5926,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5924\/revisions\/5926"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5499"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5924"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5924"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5924"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}