Tashqi Savdoni Moliyalashtirish
(xalqaro savdo bitimlari bo’yicha hisob-kitoblar):
«INVEXI» Kompaniyasi jahonning yetakchi banklari bilan kredit liniyalari o‘rnatgan va ushbu kredit liniyalaridan savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun foydalanadigan global xoldinglar bilan hamkorlik qiladi.
Bizlarning hamkorlarimizda ko’plab yetakchi xalqaro banklar va moliya institutlarining kredit liniyalari mavjud.
Biz tashqi savdoni moliyalashtirish, quyidagi xalqaro savdo operatsiyalari bo’yicha hisob-kitoblarni to’liq amalga oshirishda amaliy yordam beramiz:
- Hujjatli akkreditivlar (Documentary Letters of Credit – DLC);
- Import/Eksport akkreditivlari (Letter of Credit – LCs);
- Bank kafolatlari (Bank Guarantees – BG);
- Zaxira akkreditivlari (Standby Letters of Credit – SBLC);
- Kafolatli majburiyatlar (Performance Bond – PB);
- Pul mablag’larining manbalarini tasdiqlash (Proof of Funds – POF);
- Bank tasdiqlash xatlari (Bank Confirmation Letter – BCL);
- Ishchi kapitalni (aylanma mablag’larini) qisqa muddatli moliyalashtirish;
- Qarzlarni undirish bo’yicha faktoring operatsiyalarini amalga oshirish va hokazo.
Agar sizda ushbu xizmatlarga ehtiyoj bo’lsa, iltimos, maxsus ariza shaklini to’ldirishingizni so’raymiz.