Xodjayev Oybek Erkinovich

Hammuassis, Bosh Direktor

Qisqacha biografiyasi

1969 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan.

Maʼlumoti: Oliy, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini. AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, Turkiya va boshqa mamlakatlarda qo’shimcha malaka oshirish va amaliyotlar o’tagan.

Mehnat faoliyati:

1990-2001 – “O‘zagrosanoatbank” aksiyadorlik tijorat bankining (keyinchalik “Paxtabank” va “Agrobank” deb nomlangan) turli lavozimlarda, jumladan, Amaliyot boshqarmasi, Iqtisodiy tahlil, Kreditlash bo‘limlari, Valyuta operatsiyalari va tashqi iqtisodiy faoliyat, Qimmatli qog‘ozlar va Investitsiyalar, Loyihalarni moliyalashtirish boshqarmasi boshlig‘i, G‘aznachilik direktori va Bank Boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2001-2002 – “AT&M” O‘zbekiston Respublikasi fond bozori ishtirokchilarini axborot-tahlili Markazi Boshqaruvi Raisi.

2002-2019 – xususiy konsalting kompaniyasi asoschisi va rahbari hamda MDH mamlakatlarida turli investitsiya loyihalari rahbari.

2019-2022 – Samarqand viloyati Hokimining o‘rinbosari – Samarqand viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi Boshlig‘i.

2022 – hozirgi kunda – “INVEXI” MChJ xususiy investitsiya konsalting kompaniyasi Hammuassisi va Bosh Direktori.

 

Asosiy Kompetensiyalar:
Strategik konsalting | To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar | Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) | Birlashish va qo‘shib olish (M&A) | Xususiy kapitalni boshqarish (PE) | Davlat organlari bilan aloqalar (GR) | Biznes strategiyasi va rivojlantirish | Investitsiyalar | Inqirozga qarshi boshqaruv, transformatsiya va restrukturizatsiya | Moliya, loyiha va risklarni boshqarish | Investitsiyalar va kapitalni boshqarish | Korporativ boshqaruv | Savdoni moliyalashtirish | Bank ishi | Moliyaviy texnologiyalar (FinTech) | Marketing | Likvidlikni boshqarish | Venchur investitsiyalar (VC) | Xalqaro bozorlarga chiqish bo‘yicha konsalting | Biznes uchun raqamli yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish | TIA (Texnik-iqtisodiy asos) va biznesni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va joriy etish | Davlat va tarmoqlararo boshqaruv

 

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.