Xodjayev Oybek Erkinovich

Hammuassis, Bosh Direktor

Qisqacha biografiyasi

1969 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan.

Maʼlumoti: oliy, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini.

Mehnat faoliyati:

1990-2001 yillar – “O‘zagrosanoatbank” aksiyadorlik tijorat bankining (keyinchalik “Paxtabank” va “Agrobank” deb nomlangan) turli lavozimlarda, jumladan, Amaliyot boshqarmasi, Iqtisodiy tahlil, Kreditlash bo‘limlari, Valyuta operatsiyalari va tashqi iqtisodiy faoliyat, Qimmatli qog‘ozlar va Investitsiyalar, Loyihalarni moliyalashtirish boshqarmasi boshlig‘i, G‘aznachilik direktori va Bank Boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2001-2002 – “AT&M” O‘zbekiston Respublikasi fond bozori ishtirokchilarini axborot-tahlili Markazi Boshqaruvi Raisi.

2002-2019 – xususiy konsalting kompaniyasi asoschisi va rahbari hamda MDH mamlakatlarida turli investitsiya loyihalari rahbari.

2019-2022 – Samarqand viloyati Hokimining o‘rinbosari – Samarqand viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi Boshlig‘i.

2022 – hozirgi kunda – “INVEXI” MChJ xususiy investitsiya konsalting kompaniyasi Hammuassisi va Bosh Direktori.

 

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.