10 Yan, 2026

117 trillion dollarlik jahon iqtisodiyoti bitta ulkan vizualizatsiyada

2025-yildagi 117 trillion dollarlik jahon iqtisodiyotining vizualizatsiyasi.

the 50 largest economies globally in 2025

Asosiy xulosalar

  • AQSH, Xitoy va Germaniya 2025-yilda YaIM hajmi bo‘yicha yetakchi uchta davlat hisoblanadi.

  • Hindiston beshinchi o‘rinni egallab, 2000-yildan beri real YaIMning o‘rtacha 6,4% o‘sishini namoyish etmoqda.

Amerikaning 30,6 trillion dollarlik iqtisodiyoti Xitoy, Germaniya va Yaponiya iqtisodiyotlarini birgalikda olganda ham ulardan kattaroq bo‘lib, bu yil real YaIM 2 foizga o‘sishi kutilmoqda.

Taqqoslash uchun, Hindiston iqtisodiyoti 6,6 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda, bu dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. Undan faqat Irlandiya oldinda bormoqda, chunki eksport hajmining keskin oshishi 2025-yilda YaIMning hayratlanarli 9,1 foizga kengayishiga olib kelishi kutilmoqda.

Ushbu grafik XVJning so‘nggi «Jahon iqtisodiy istiqbollari» (World Economic Outlook) prognozlariga asoslangan holda 2025-yildagi jahon iqtisodiyotining holatini ko‘rsatadi.

 

Reyting: Jahon iqtisodiyotidagi eng yirik mamlakatlar

 

Quyida biz dunyodagi eng yirik TOP-50 ta iqtisodiyotni reytingini tuzib, ularning tarixiy o‘sish tendensiyalarini yoritib beramiz:

O‘rin (Reyting)
Mamlakat
YaIM 2025 (T-trillion, B-milliard)
Real YaIM o‘sishi
2000–2025-yillardagi jami real YaIM o‘sishi
2000–2025-yillardagi o‘rtacha yillik real YaIM o‘sishi
1 🇺🇸 AQSh $30.6T 2.0% 69.0% 2.1%
2 🇨🇳 Xitoy $19.4T 4.8% 585.7% 8.0%
3 🇩🇪 Germaniya $5.0T 0.2% 27.8% 1.0%
4 🇯🇵 Yaponiya $4.3T 1.1% 16.6% 0.6%
5 🇮🇳 Hindiston $4.1T 6.6% 364.1% 6.4%
6 🇬🇧 Buyuk Britaniya $4.0T 1.3% 44.6% 1.5%
7 🇫🇷 Fransiya $3.4T 0.7% 35.0% 1.2%
8 🇮🇹 Italiya $2.5T 0.5% 9.8% 0.4%
9 🇷🇺 Rossiya $2.5T 0.6% 107.3% 3.0%
10 🇨🇦 Kanada $2.3T 1.2% 59.4% 1.9%
11 🇧🇷 Braziliya $2.3T 2.4% 75.1% 2.3%
12 🇪🇸 Ispaniya $1.9T 2.9% 50.6% 1.7%
13 🇲🇽 Meksika $1.9T 1.0% 44.4% 1.5%
14 🇰🇷 Janubiy Koreya $1.9T 0.9% 131.3% 3.4%
15 🇦🇺 Avstraliya $1.8T 1.8% 92.7% 2.7%
16 🇹🇷 Turkiya $1.6T 3.5% 228.3% 5.0%
17 🇮🇩 Indoneziya $1.4T 4.9% 233.4% 4.9%
18 🇳🇱 Niderlandiya $1.3T 1.4% 43.9% 1.5%
19 🇸🇦 Saudiya Arabistoni $1.3T 4.0% 154.1% 3.9%
20 🇵🇱 Polsha $1.0T 3.2% 138.5% 3.6%
21 🇨🇭 Shveysariya $1.0T 0.9% 54.9% 1.8%
22 🇹🇼 Tayvan $884B 3.7% 144.2% 3.7%
23 🇧🇪 Belgiya $717B 1.1% 46.4% 1.6%
24 🇮🇪 Irlandiya $709B 9.1% 243.3% 5.2%
25 🇦🇷 Argentina $683B 4.5% 54.2% 1.9%
26 🇸🇪 Shvetsiya $662B 0.7% 56.8% 1.8%
27 🇮🇱 Isroil $611B 2.5% 132.1% 3.5%
28 🇸🇬 Singapur $574B 2.2% 196.8% 4.5%
29 🇦🇪 BAA $569B 4.8% 155.9% 3.9%
30 🇦🇹 Avstriya $566B 0.3% 36.0% 1.3%
31 🇹🇭 Tailand $559B 2.0% 116.2% 3.2%
32 🇳🇴 Norvegiya $517B 1.2% 47.5% 1.6%
33 🇵🇭 Filippin $494B 5.4% 234.5% 5.0%
34 🇻🇳 Vyetnam $485B 6.5% 372.0% 6.4%
35 🇧🇩 Bangladesh $475B 3.8% 318.5% 5.9%
36 🇲🇾 Malayziya $471B 4.5% 196.2% 4.5%
37 🇩🇰 Daniya $460B 1.8% 40.8% 1.4%
38 🇨🇴 Kolumbiya $438B 2.5% 135.8% 3.5%
39 🇭🇰 Gonkong (MMH) $428B 2.4% 92.2% 2.7%
40 🇿🇦 Janubiy Afrika Respublikasi $426B 1.1% 67.2% 2.1%
41 🇷🇴 Ruminiya $423B 1.0% 134.4% 3.5%
42 🇵🇰 Pokiston $410B 2.7% 158.7% 3.9%
43 🇨🇿 Chexiya $383B 2.3% 77.0% 2.4%
44 🇮🇷 Eron $357B 0.6% 110.2% 3.1%
45 🇪🇬 Misr $349B 4.3% 185.5% 4.3%
46 🇨🇱 Chili $347B 2.5% 125.5% 3.4%
47 🇵🇹 Portugaliya $338B 1.9% 26.3% 1.0%
48 🇵🇪 Peru $318B 2.9% 170.7% 4.2%
49 🇫🇮 Finlyandiya $315B 0.5% 30.4% 1.1%
50 🇰🇿 Qozog‘iston $300B 5.9% 288.2% 5.6%

 

Ko‘rib turganimizdek, AQSH iqtisodiyoti inflyatsiyani hisobga olgan holda so‘nggi chorak asrda qariyb 70 foizga o‘sdi. Yillik hisobda o‘rtacha o‘sish sur’ati 2,1 foizni tashkil etdi, bu bugungi kunda 10 ta eng yirik iqtisodiyot orasida tezlik bo‘yicha uchinchi ko‘rsatkichdir.

Taqqoslash uchun, Hindiston so‘nggi 25 yil ichida bundan uch baravar tezroq o‘sdi va bu uning YaIMini 4,1 trillion dollargacha oshirishga yordam berdi. Kelasi yilga kelib u Yaponiyani ortda qoldirib, to‘rtinchi eng yirik iqtisodiyotga aylanishi prognoz qilinmoqda.

 

Bar chart showing the real GDP growth of the world's largest economies.

Germaniya esa, aksincha, o‘nlab yillar davomida sezilarli darajada sust o‘sishni boshdan kechirmoqda. 2023 va 2024-yillarda iqtisodiyot qisqardi, bu yil esa o‘sish bor-yo‘g‘i 0,2% bo‘lishi kutilmoqda. Hosildorlikning zaif o‘sishi bilan bir qatorda, uning ishlab chiqarish sektori 2018-yildan beri pasayish holatida.

Xuddi shunday, ko‘plab Yevropa mamlakatlarida so‘nggi 25 yil ichida o‘rtacha o‘sish 2 foizdan kam bo‘ldi. Sakkizinchi eng yirik iqtisodiyot bo‘lgan Italiyada YaIMning o‘rtacha o‘sishi atigi 0,4 foizni, Fransiyada esa bor-yo‘g‘i 1,2 foizni tashkil etdi.


Manba: Visual Capitalist

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.