16 May, 2022

O’zbekistonda Erkin Iqtisodiy Zonalar faoliyati

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 21 ta maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ) faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 19 tasi sanoatga (EIZ), 1 tasi qishloq xo‘jaligiga va 1 tasi turizm sohasiga ixtisoslashtirilgan, 116 ta kichik sanoat zonalari direksiyalari (KSZ), 12 ta texnoparklar va 440 ta klasterlar, jumladan: EIZda – 512 korxona, KSZda – 1865 ta, texnoparklarda – 58 ta va klasterlarda – 446 ta korxona.

Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi ko’rsatilgan davrda 13877,4 mlrd.so’mni tashkil etdi, shu jumladan: EIZda – 5454,5 mlrd.so’m, KSZda – 947,9 mlrd.so’m, texnoparklarda – 111,0 mlrd.so’m va klasterlarda – 7364,0 mlrd.so’m. Sanoat mahsulotlarining eng katta hajmi klasterlarda – 7364,0 mlrd. so’m.

Taqqoslash uchun: 2021 yilning yanvar-mart oylarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmi 9610,9 mlrd.so‘mni tashkil etgan, jumladan: EIZda – 3281,0 mlrd.so‘m, KSZda – 672,4 mlrd.so‘m, texnoparklarda – 87,8 mlrd.so‘m va klasterlarda – 589 mlrd.so‘m.

2022-yilning birinchi choragida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 1052,8 milliard so‘mni tashkil etdi, shundan:

EIZda – 669,5 mlrd.so‘m, KSZda – 93,6 mlrd.so‘m, texnoparklarda – 9,9 mlrd.so‘m va klasterlarda – 279,8 mlrd.so‘m.

Taqqoslash uchun: 2021-yilning 1-choragida korxonalarning daromad solig‘ini to‘lashdan oldingi foyda (zarar) miqdori 329,9 mlrd.so‘mni tashkil etdi, jumladan: EIZda – 116,5 mlrd.so‘m, KSZda – 111,5, texnoparklarda – 3,6 mlrd.so’m va klasterlarda – 331,3 mlrd.so‘m.

Respublikadan tashqariga jo‘natilgan mahsulotlar (tovar va xizmatlar) hajmi (eksport) jami 2365,1 mlrd.so‘mni tashkil etdi, jumladan: EIZda – 752,4 mlrd.so‘m, KSZda – 236,9, texnoparklarda – 33,4 va klasterlarda – 1342,4 mlrd.so‘m.

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.