08 Noy, 2022

O‘zbekiston 2026-yilgacha 120 milliard dollar investitsiyalar jalb qilmoqchi

O‘zbekiston hukumati 2026-yilgacha 120 milliard dollar sarmoya jalb etish niyatida. Bu haqda Samarqandda bo‘lib o‘tgan ikkinchi iqtisodiy forumda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Omonullo Nasritdinxo‘jayev ma’lum qildi.

Davlat ushbu mablag‘larni, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar ko‘rinishida davlat aktivlarini xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik yo‘li bilan jalb etish niyatida, dedi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) direktori Akmalxon Ortiqovning soʻzlariga koʻra, 2022-yilda 1000 dan ortiq davlat aktivlari xususiy investorlarga sotilgan. Yirik loyihalar amalga oshirilmayotganining asosiy sababi, “jarayon endigina boshlangani, faol bosqichga o‘tayotgani”, dedi Ortiqov.

DABA rahbari “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati xususiylashtirilishi haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, tender takliflari noyabr oyi oxirigacha yig‘iladi. Avvalroq forum ochilishida Bosh vazir o‘rinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati xususiylashtirilganini O‘zbekiston uchun yaxshi holat deb atagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bitimning oxirgi muddati 28-oktabr bo‘lgan, biroq sotuvchilar ma’lumotni o‘rganish uchun yana ikki hafta vaqt so‘rashgan. Vazir yil oxirigacha shartnoma yopilishi, kelasi yili Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi xususiylashtirilib, “Navoiyazot”ni xususiylashtirila boshlaydi, deb va’da berdi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston banklarini xususiylashtirishni olti oyga kechiktirishni taklif qilgan edi. “Hozirgi geosiyosiy va iqtisodiy vaziyatda biz xususiylashtirish jarayonini kuchaytirishni tavsiya etmaymiz. Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan birgalikda biz bank rahbariyatiga xat yozdik va xususiylashtirishni kamida yana olti oyga kechiktirishni tavsiya qildik”, dedi YeTTB birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink matbuot anjumanida.

 

Manba: Kursiv

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.