18 Noy, 2022

O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro zaxiralari 2022-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra 32.315,5 million AQSh dollarini tashkil etdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro zaxiralari 2022-yil 1-noyabr holatiga 32.315,5 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Ulardan konvertatsiya qilinadigan xorijiy valyutadagi zaxiralar (naqd valyutada pul va depozitlarning umumiy qiymati) 10.289,7 million AQSh dollarini (33 foizga yaqin), Oltin zaxiralari 21.006,4 million AQSh dollarini (12,8 sof million troy untsiya yoki 400 tonnaga yaqin) tashkil etdi. bu mamlakatning umumiy oltin-valyuta zaxiralarining qariyb 65 foizini tashkil etadi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining oltin zaxiralari joriy yil boshidan buyon 1,18 million troya untsiyaga yoki 36,7 tonnaga o’sdi.

 

Manba: https://cbu.uz/uz/statistics/intlreserves/750063/

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.