12 Dek, 2022

O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 milliondan oshdi

2022-yil 9-dekabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 36 million kishidan oshdi, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Ulardan: 18,1 million erkak (50,3%) va 17,9 million ayol (49,7%).

2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, respublikada 35,27 million kishi istiqomat qilgan. Yil boshiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi aholisi 2 foizdan ortiq yoki salkam 730 ming kishiga o‘sdi.

Aholisi soni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi dunyoda 41-oʻrinda turadi.

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.