10 May, 2023

2023-yilning 1-choragi uchun asosiy kapitalga investitsiyalar

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligining ma’lumotlariga ko’ra 2023-yilning yanvar-mart oylarida O’zbekiston Respublikasi bo’yicha asosiy kapitalga 56,6 trillion so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo’lib, bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,1 foizga o‘sgan.

Asosiy kapitalga investitsiyalarning tarkibida 61,9% yoki 35,0 trln. so‘m investitsiyalar jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 38,1% yoki 21,6 trln. so‘m moliyalashtirilgan.

Shuningdek markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 5,9 trln. so’mni tashkil etgan bo’lsa, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 50,7 trln. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

2023-yilning yanvar-mart oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 16,2 trln. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 28,6%ini tashkil etgan. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 9,5%i yoki 5,4 trln. so‘mi o‘zlashtirilgan.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 11,9 trln. so‘mni tashkil etib, jami investitsiyalardagi ulushi 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,1% punktga ko‘payib, 21,0%ni tashkil etgan.

Shu bilan birga, ushbu davrda xorijiy investitsiyalar va kreditlarning umumiy hajmi 25,1 trillion so‘mdan oshgan.

Mamlakatlar kesimida 2023-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ulushi Top-10 ta mamlakatlar bo’yicha quyidagicha:

  1. Xitoy – 19,9%
  2. Rossiya Federatsiyasi – 15,7%
  3. Saudiya Arabistoni – 13,5%
  4. Turkiya – 6,1%
  5. Kipr – 5,4%
  6. Germaniya – 3,3%
  7. Shveytsariya – 3,0%
  8. Singapur – 2,9%
  9. Gonkong – 2,8%
  10. Buyuk Britaniya – 2,7%.

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.