26 May, 2023

O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil yanvar-aprel oylarida tashqi savdo aylanmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2023-yilning yanvar-aprel oylarida 19.578 million AQSH dollarini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 2.317 million AQSH dollariga yoki 13,4%ga oshgan.

TSAda eksport hajmi 7.660,8 mln. AQSH dollariga (2022- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 6,2%ga ko‘paydi) va import hajmi 11.916,2 mln. AQSH dollariga (18,6%ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida -4.255,4 mln. AQSH dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida jahonning 176 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

TSAning nisbatan salmoqli hissasi XXRda (17,0 %), Rossiyada (15,1 %), Qozogʻistonda (7,7 %), Turkiyada (5,4 %), Koreya Respublikasida (4,1 %), Germaniyada (4,0 %), va Qirgiz Respublikasi (1,7 %) qayd etilgan.

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.