21 Iyl, 2023

O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil I-yarim yillikda Tashqi Savdo Aylanmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi (TSA) 2023-yilning I-yarim yilligida 29,2 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 4,7 mlrd. AQSH dollariga yoki 19,4%ga oshgan.

TSAda eksport hajmi 12.140,0 mln. AQSH dollarga (2022- yilning mos davriga nisbatan 23,0% ga ko‘paydi) va import hajmi 17.030,5 mln. AQSH dollarga (17,0% ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida -4.890,5 mln. AQSH dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.

Oʻzbekiston 2023-yilning I-yarim yilligida jahonning 183 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

TSAning nisbatan salmoqli hissasi XXRda (18,1%), Rossiyada (15,1%), Qozogʻistonda (7,5%), Turkiyada (5,1%), Koreya Respublikasida (3,6%), Germaniyada (3,2%) va Qirg‘iz Respublikasi (1,6%) qayd etilgan.

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.