20 Yan, 2024

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2023-yilda 62,6 milliard AQSh dollarini tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 62,6 milliard AQSH dollarini tashkil etdi va 2022-yilning shu davriga nisbatan 12,1 milliard AQSh dollariga yoki 23,9 foizga o‘sdi.

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 24.426,2 mln. AQSH dollariga (23,8 % ga ko‘paydi) va import hajmi 38.141,2 mln. AQSH dollariga (24,0 % ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida -13.715,0 mln. AQSH dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.

2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 198 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan. Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi XXRda (21,9 %), Rossiyada (15,8 %), Qozogʻistonda (7,0 %), Turkiyada (5,0 %) va Koreya Respublikasida (3,7 %) qayd etilgan.

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.