09 Fev, 2024

Jahon banki Markaziy Osiyo mamlakatlari tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi elektron tijoratdan global foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish dasturida (EGATE) ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish boshlanganini ma’lum qildi

Tashabbus Jahon banki tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Bu raqamli biznes imkoniyatlarini kengaytirish va internet orqali tashqi bozorlarda sotuvlarni oshirishga qaratilgan.

Ishtirok etish uchun kompaniyalar so’rovnomani to’ldirishlari va o’z faoliyati haqida asosiy ma’lumotlarni taqdim etishlari kerak. Bu Jahon bankiga o’z mahsulotlarini B2B platformalari orqali sotishni qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlarini belgilash uchun mahalliy firmalarning ishi va ehtiyojlarini yaxshiroq tushunish imkonini beradi.

Yuz nafar tadqiqot ishtirokchisi Alibaba.com saytida premium sotuvchi (Gold Supplier) maqomini bepul olishlari mumkin. Uning narxi yiliga taxminan 6000 dollarni tashkil etadi.

Saytga a’zo bo’lish xorijiy ulgurji xaridorlarga to’g’ridan-to’g’ri kirish imkonini beradi. Gold Supplier toifasidagi mijozlarga mentorlik, maslahatlar, 24/7 rejimida yordam va boshqa imtiyozlar ham taqdim etiladi.

Anketa 32 ta savoldan iborat bo’lib, to’ldirish uchun 30 daqiqagacha vaqt kerak bo’ladi. Jahon banki so’rovda taqdim etilgan ma’lumotlarning maxfiyligini kafolatlaydi.

Anketani o‘zbek tilida ushbu havola orqali, rus tilida esa ushbu havola orqali to‘ldirishingiz mumkin. Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2024 yil 10 mart.

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.