O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasining Tashqi Savdo Aylanmasi 4.198,5 million AQSH dollarini tashkil etdi.
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 1.116,6 mln. AQSH dollariga va import hajmi 3.081,8 mln. AQSH dollariga yetdi. Hisobot davrida -1.965,2 mln. AQSH dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.
2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 137 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi XXRda (27,2%), Rossiyada (18,3%), Qozogʻistonda (6,5%), Turkiyada (5,1%) va Koreya Respublikasida (4,3%) qayd etilgan.