18 Mar, 2024

Osiyo Infratuzilmaviy Investitsiyalar Banki Oʻzbekiston iqtisodiyotini isloh qilish uchun 670 million dollar ajratadi.

Osiyo Infratuzilmaviy Investitsiyalar Banki (OIIB) O‘zbekistonda islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va inklyuziv bozor iqtisodiyotini rivojlantirish uchun 670 million dollar ajratadi.

Mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi tomonidan olinadi. Ushbu vazirlik bozorlarni shakllantirish, fiskal xatarlarni boshqarishni takomillashtirish, ijtimoiy integratsiya va ekologik barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashda mamlakat hukumatiga yordam beradi.

Tashabbuslar respublika sog’liqni saqlash tizimi va davlat xizmatlari samaradorligini oshirishi kutilmoqda.

Jahon banki ham loyihani moliyaviy qoʻllab-quvvatlaydi, deya taʼkidladi Osiyo Infratuzilmaviy Investitsiyalar Banki.

Osiyo Infratuzilmaviy Investitsiyalar Banki o‘z ishini 2016-yilda Pekindagi bosh qarorgohi bilan boshlagan. Bankning kapitallashuvi 100 milliard dollarni tashkil etadi.

 

Manba: Курсив 

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.