27 Mar, 2024

O ‘zbekiston Respublikasining 2023-yildagi investitsiya va tashqi savdo faoliyati to’ g ‘risidagi qisqacha ma’ lumot

I. Investitsiyalar

2023 yilda jami 22,4 mlrd dollar xorijiy investisiyalar jalb qilindi, shu jumladan 19,5 mlrd dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya va kreditlar (193 %) o‘zlashtirildi.

Davlat investisiya dasturi doirasida umumiy qiymati 9,4 mlrd dollar bo‘lgan 306 ta loyiha ishga tushishi hisobiga 56 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishiga erishildi.

II. Eksport

2023 yil yakuni bilan respublika eksporti 16,6 mlrd dollarni tashkil etib, o‘sish sur’atlari asosanelektrotexnika (1 mlrd dollar, o‘sish 26 %), avtomobil (682 mln dollar, 23 %), neftegaz (509 mln dollar, 10 %), farmasevtika (130 mln dollar, 95 %), transport (1,5 mlrd dollar, 5 %) va turizm (2,1 mlrd dollar, 33 %) hamda axborot texnologiya (441 mln dollar, 44 %) kabi tovar va xizmatlar eksporti hisobiga ta’minlandi.

Hududlardan Toshkent shahri (1,9 mlrd dolllar, 9 %) hamda Xorazm (340 mln dollar, 44 %), Farg‘ona (772 mln dollar, 13 %), Surxondaryo (234 mln dollar, 6 %), Sirdaryo (331 mln dollar, 3 %) viloyatlarida eksportda o‘sish sur’atlariga erishildi.

3 144 ta yangi korxonalar eksport faoliyatiga jalb etilib, qo‘shimcha 1 mlrd dollarlik mahsulotlar eksportga chiqarildi.

71 turdagi yangi mahsulotlar ilk marta eksportga chiqarildi va jami qiymati 109 mln dollarlik jumladan, ayollar plashi (526 ming doll), palto (411 ming doll), elektron sigaret uchun tamaki (380 ming doll), gilamcha (363 ming doll) va sochiq (142 ming doll) mahsulotlaridir.

15 ta yangi bozorlar, jumladan, Daniya, Islandiya, Madagaskar, Venesuela, Urugvay, Zambiya, Gana, Keniya, Kot-d’Ivuar kabi davlatlar o‘zlashtirilib, ushbu davlatlarga jami 26 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.

III. Mahalliylashtirish va kooperatsiya sohasi

2023 yilda Respublikaga import qilinayotgan mahsulotlarni kamaytirish va maxalliylashtirishni kengaytirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator tizimli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, mahalliylashtirish dasturiga muvofiq 2023 yil
2 003 ta loyiha doirasida 82,8 trln so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarildi. (2022 yilga nisbatan 1,7 barobar ko‘p).

Tarmoq korxonalar 682 ta mahalliylashtirish loyihalari doirasida 41,6 trln so‘mlik, hududiy korxonalarda 1321 ta loyihalarda 41,2 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Buning natijasida import o‘rnini bosish samaradorligi 6,7 mlrd dollarni tashkil etdi.

IV. Sanoat zonalarini rivojlantirish

2023 yil davomida 766 sanoat zonalarida qiymati 9,6 trln so‘mlik 963 ta investisiya loyihalari ishga tushirilishi evaziga 27 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.

Foydalanishga topshirilgan 4 745 ta loyihalar doirasida 53,3 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, jami 972 mln dollarlik mahsulotlar eksportga chiqarildi.

V. Xalqaro hamkorlik

2023 yil yakuni bilan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida 2,8 mlrd dollar kredit mablag‘lari o‘zlashtirildi.

2023 yilda 50 tadan ziyod xalqaro tadbirlar, shu jumladan oliy va yuqori darajadagi tashriflarning iqtisodiy qismi, hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlari va biznes forumlar tashkil etildi.

Xususan, 2023 yil amalga oshirilgan oliy darajadagi tashriflar doirasida umumiy qiymati 140 mlrd. dollardan ziyod 1000 ga yaqin kelishuvlarga erishildi.

 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, Sanoat va Savdo Vazirligi 

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.