Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil 22-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 37 million kishiga yetdi.
Ulardan: ayollar – 18,3 mln (49,7%) va erkaklar – 18,6 mln (50,3%).
2030-yilda O‘zbekiston aholisi soni 41 million kishidan oshishi, 2040-yilga borib bu ko‘rsatkich 46 million, 2050-yilga borib esa 50 million kishiga yetishi kutilmoqda.
Kelgusi 26 yil ichida mehnatga layoqatli aholi ulushi 56 foizni tashkil etishi va amalda kamaymasligi kutilmoqda.
Prognozlarga ko‘ra, O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha ko‘plab MDH davlatlaridan oldinda bo‘ladi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yetakchi o‘rnini saqlab qoladi.
Quyida gender koʻrsatkichlari bilan demografik maʼlumotlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining hududlari kesimida doimiy aholisining soni ifoda etilgan:
1 | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 2 010,8 | 5,4% |
2 | Andijon viloyati | 3 412,4 | 9,2% |
3 | Buxoro viloyati | 2 052,6 | 5,5% |
4 | Jizzax viloyati | 1 516,0 | 4,1% |
5 | Qashqadaryo viloyati | 3 580,6 | 9,7% |
6 | Navoiy viloyati | 1 081,0 | 2,9% |
7 | Namangan viloyati | 3 083,0 | 8,3% |
8 | Samarqand viloyati | 4 231,5 | 11,4% |
9 | Surxondaryo viloyati | 2 894,6 | 7,8% |
10 | Sirdaryo viloyati | 918,8 | 2,5% |
11 | Toshkent viloyati | 3 069,0 | 8,3% |
12 | Farg’ona viloyati | 4 083,6 | 11,0% |
13 | Xorazm viloyati | 2 004,8 | 5,4% |
14 | Toshkent shahri | 3 061,4 | 8,3% |
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha Jami 2024-yil 22-aprel holatiga ko‘ra: |
37 000,0 | 100% |