22 Iyl, 2024

Asosiy kapitalga investitsiyalar (2024- yil yanvar-iyun)

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko’ra 2024-yilning yanvar-iyun oylarida jami 229,3 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 136,6%ni tashkil etdi.

Asosiy kapitalga investitsiyalarning tarkibida 75,6% yoki 173,3 trln. so‘m investitsiyalar jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 24,4% yoki 56,0 trln. so‘m moliyalashtirildi.

Shuningdek, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 24,5 trln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 204,8 trln. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar va o‘sish sur’atlari tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobiga to‘g‘ri kelib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 307,2%ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lar ihisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 42,0 trln. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 18,3%ini tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 6,1%i yoki 14,0 trln. so‘mi o‘zlashtirildi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 66,8 trln. so‘mni tashkil etdi va jami investitsiyalardagi ulushi 2023-yilning mos davriga nisbatan 2,0% punktga ko‘payib 29,1%ni tashkil etdi.

Shuningdek, tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 5,7 trln. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 2,5%ini tashkil etdi), O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 13,6 trln. so‘m (5,9%), kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 76,3 trln. so‘m (33,3%), Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 1,8 trln. so‘m (0,8%), Respublika budjeti 8,3 trln. so‘m (3,6%), Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 0,8 trln. so‘m (0,4%) miqdorida asosiy kapitalga inestitsiyalar o‘zlashtirildi.

 

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.