O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil avgust oyida O‘zbekistondagi umumiy iste’mol narxlari indeksi (INI) 100,5%ni tashkil etdi. 2024 yilning yanvar-avgust oylarida iste’mol narxlari indeksi 105,5%ni tashkil etdi. Yillik hisobda (2023 yil may oyiga nisbatan) umumiy iste’mol narxlari indeksi 110,5% darajasida qayd etildi.
2024 yil avgust oyida tovarlar bo‘yicha oylik iste’mol narxlari indeksi 100,6%, 2023 yil dekabr oyiga nisbatan esa 100,4%ni tashkil etdi. Yillik hisobda ushbu ko‘rsatkich 105,3% darajasida shakllandi.
2024 yil avgust oyida xizmatlar bo‘yicha qisqa muddatli iste’mol narxlari indeksi 100,4%ni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,1 ballga va o‘tgan yilning avgust oyiga nisbatan 0,3 ballga past bo‘ldi.