02 Okt, 2024

O‘zbekiston Respublikasidagi iste’mol narxlari indeksi (2024 yil sentabr)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil sentabr oyida O‘zbekistondagi umumiy iste’mol narxlari indeksi (INI) 101,23%ni tashkil etdi. 2024 yilning yanvar-sentabr oylarida iste’mol narxlari indeksi 106,7%ni tashkil etdi. Yillik hisobda (2023 yil sentabr oyiga nisbatan) umumiy iste’mol narxlari indeksi 110,46% darajasida qayd etildi.

2024 yil sentabr oyida tovarlar bo‘yicha oylik iste’mol narxlari indeksi 101,2%, 2023 yil dekabr oyiga nisbatan esa 101,6%ni tashkil etdi. Yillik hisobda ushbu ko‘rsatkich 105,0% darajasida shakllanib, 2023-yilning sentabridagi mos ko‘rsatkichdan 4,5 foiz bandga past bo‘ldi.

2024 yil sentabr oyida xizmatlar bo‘yicha qisqa muddatli iste’mol narxlari indeksi 101,5%ni tashkil etib, o‘tgan oydagi ko’rsatkichdan 1,1 foiz bandga, o‘tgan yilning sentabridagidan 0,9 foiz bandga yuqori bo‘ldi.

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.