O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligining ma’lumotlariga asosan 2024-yil 1 oktabr holatiga ko’ra O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 37.355,6 ming kishini tashkil qildi.
O‘zbekiston Respublikasining boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlari 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida qo’yidagicha ifodalandi:
- Yalpi ichki mahsulot hajmining o’sish sur’ati 106,6 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,1 foizga oshdi;
- Sanoat ishlab chiqarishining jismoniy hajmi indeksi 107,0 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 foizga oshdi;
- Iste’mol narxlari indeksi (o‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan): 106,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 foizga oshdi;
- Chakana tovar aylanmasining o‘sish sur’ati 109,2 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 foizga oshdi;
- Qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati 109,1 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,0 foizga oshdi;
- Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati 112,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,7 foizga oshdi;
Aholining real umumiy daromadlari o’sish sur’ati 107,7 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,4 foizga o’shdi.