O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 48.206,2 million AQSh dollarini tashkil etdi va 2023 yilning shu davriga nisbatan 3.452,1 million AQSh dollarga yoki 7,7 foizga o‘sdi.
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmidan eksport 19.773,8 million AQSh dollarini (tashqi savdo aylanmasida eksport ulushi 41%), import esa 28.432,4 million AQSh dollarini (tashqi savdo aylanmasidagi import ulushi 59%) tashkil etdi. Natijada O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi saldosi -8.658,6 million AQSh dollari miqdorida manfiy saldoni tashkil etdi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 190 davlati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy (18,7%), Rossiya (18,0%), Qozog‘iston (6,2%), Turkiya (4,5%) va Koreya Respublikasi (3,1%) bilan qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil yanvar-sentabr oylari uchun tashqi savdo aylanmasining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagi infografikada keltirilgan: