O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida 343,1 trln. so‘m (27,2 mlrd. dollar) asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 131 foizni tashkil etdi.
75,2% yoki 258,0 trln. so‘mlik (20,5 mlrd. dollar) asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar jalb qilingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirildi, buning 24,8 foizi yoki 85,1 trln. so‘m korxonalar, tashkilotlar va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan.
Shuningdek, ularning markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan o‘zlashtirilgan hajmi 36,9 trillion so‘mni, qolgan 306,2 trillion so‘m markazlashtirilmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan o‘zlashtirildi.
Shu davrda 112,1 trln. so‘m (8,9 mlrd. dollar) miqdorida kafolatlanmagan xorijiy investitsiyalar va kreditlar, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar esa 100,9 trln. so’m (8,0 mlrd. dollar) hajmida o‘zlashtirildi.