21 Noy, 2024

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2024-yilning yanvar-oktabr oylarida 54,4 milliard dollarni tashkil etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra 2024-yilning 10 oyida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 54.367,2 million AQSh dollarini tashkil etdi va 2023 yilning shu davriga nisbatan 3.393,4 million AQSh dollarga yoki 6,7 foizga o‘sdi.

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmidan eksport 22.442,6 million AQSh dollarini (tashqi savdo aylanmasida eksport ulushi 41,3%), import esa 31.924,6 million AQSh dollarini (tashqi savdo aylanmasidagi import ulushi 58,7%) tashkil etdi. Natijada O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi saldosi -9.482,0 million AQSh dollari miqdorida manfiy saldoni tashkil etdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 194 davlati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy (18,8%), Rossiya (17,8%), Qozog‘iston (6,3%), Turkiya (4,5%) va Koreya Respublikasi (3,0%) bilan qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil yanvar-oktabr oylari uchun tashqi savdo aylanmasining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagi infografikada keltirilgan:

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.