- 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 37.543,2 ming kishini tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan 743,4 ming kishiga yoki 2,0%ga o‘sdi.
- Iste’mol narxlari indeksi 109,8%ni tashkil etdi (o‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan, %).
- Yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmining o‘sish sur’ati 106,5%ni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,2%ga yuqoridir.
- Sanoat ishlab chiqarish hajmi jismoniy hajm indeksi 106,8%ni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,5%ga yuqoridir.
- Transport sohasidagi o‘sish sur’ati – yo‘lovchi aylanishida 106%, yuk aylanishida esa 103,1%.
- Chakana savdo aylanmasi o‘sish sur’ati: 109,9%.
- Qurilish ishlari hajmi o‘sish sur’ati: 108,8%.
- Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi o‘sish sur’ati: 112,9%.
- Tashqi savdo aylanmasi o‘sish sur’ati jami 103,8%ni, shu jumladan import – 100,8%ni, eksport esa – 108,4%ni tashkil etdi.
- Aholi umumiy daromadlari real o‘sish sur’ati: 108,1%ni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,1%ga o‘sdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi