Yalpi Hududiy Mahsulot (YaHM) O‘zbekiston hududlarining iqtisodiy rivojlanishini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasining umumiy Yalpi Hududiy Mahsuloti (YaHM) hajmi 1 270 020,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan va mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishini tasdiqlaydi. Ushbu tahlil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy hisobotiga asoslangan bo‘lib, har bir hududning yalpi ichki mahsulotni shakllantirishdagi ulushini, shuningdek, tarmoqlar bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.
Ayniqsa, kichik biznesning umumiy iqtisodiyotdagi ulushi juda ta‘sirli. Respublika bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich 54,3%ni tashkil qilgan bo‘lsa, Surxondaryo (77,8%) va Jizzax (74,5%) viloyatlarida rekord darajaga yetgan.
Hududlar kesimida YaHM va boshqa ko‘rsatkichlar quyidagicha ko‘rinish oldi:
O’rni |
Hududning nomi |
YaIMda ulushi, (%) |
YaHM hajmi (mlrd so‘m) |
O‘sish sur‘ati (%) |
Jon boshiga YaHM (ming so‘m) |
AQSH dollaridagi ekvivalent |
O‘sish sur‘ati (foizda) |
1 |
Toshkent shahri |
19,3% |
281 147,4 |
10,4% |
91 376,6 |
$7 223 |
7,6% |
2 |
Toshkent viloyati |
10,1% |
146 385,2 |
6,7% |
47 526,1 |
$3 757 |
4,7% |
3 |
Navoiy viloyati |
8,1% |
117 297,8 |
7,7% |
108 108,6 |
$8 545 |
5,8% |
4 |
Samarqand viloyati |
6,9% |
99 866,1 |
6,9% |
23 481,3 |
$1 856 |
4,6% |
5 |
Farg‘ona viloyati |
6,3% |
91 333,0 |
6,8% |
22 259,5 |
$1 759 |
4,6% |
6 |
Andijon viloyati |
6,2% |
90 522,1 |
6,6% |
26 409,0 |
$2 087 |
4,4% |
7 |
Qashqadaryo viloyati |
5,5% |
80 658,3 |
6,5% |
22 405,1 |
$1 771 |
4,2% |
8 |
Buxoro viloyati |
4,9% |
71 560,4 |
6,6% |
34 729,6 |
$2 745 |
4,8% |
9 |
Namangan viloyati |
4,7% |
68 915,7 |
7,6% |
22 238,7 |
$1 758 |
5,3% |
10 |
Surxondaryo viloyati |
3,7% |
54 354,1 |
5,9% |
18 670,0 |
$1 476 |
3,4% |
11 |
Xorazm viloyati |
3,5% |
51 261,0 |
6,4% |
25 452,4 |
$2 012 |
4,4% |
12 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
3,1% |
45 658,5 |
6,3% |
22 645,8 |
$1 790 |
4,9% |
13 |
Jizzax viloyati |
3,0% |
43 057,9 |
5,3% |
28 281,0 |
$2 235 |
3,1% |
14 |
Sirdaryo viloyati |
1,9% |
28 003,3 |
4,5% |
30 359,2 |
$2 400 |
2,6% |
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASINING YALPI HUDUDIY MAHSULOTI
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024- yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida YAHM hajmi 6,3 % ga o‘sdi va 45 658,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. Quyidagi asosiy tarmoqlarda ijobiy iqtisodiy o‘sish kuzatildi: qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,6 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 23,5 %), sanoatda 106,8 % (20,5 %), qurilishda 107,4 % (8,0 %) va xizmatlar sohasida 107,3 % (48,0 %). Aholi jon boshiga YAHM 4,9 % ga oshdi va 22 645,8 ming so‘mni tashkil etdi.
ANDIJON VILOYATINING YALPI HUDUDIY MAHSULOTI
Andijon viloyatida YAHM hajmi joriy narxlarda 90 522,1 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2023- yil bilan taqqoslaganda 6,6 % ga o‘sdi. Quyidagi asosiy tarmoqlarda ijobiy o‘sish kuzatildi: qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,1 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 31,0 %), sanoatda 107,3 % (28,8 %), qurilishda 111,0 % (5,9 %) va xizmatlar sohasida 108,6 % (34,3 %)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 26 409,0 ming so‘mni tashkil etdi va 2023- yilga nisbatan 4,4 % ga o‘sdi.
BUXORO VILOYATINING YALPI HUDUDIY MAHSULOTI
Buxoro viloyatida YAHM 71 560,4 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2023- yil bilan taqqoslaganda 6,6 % ga o‘sdi. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 102,7 % (YAHM tarkibidagi ulushi 35,0 %), sanoatda 106,4 % (19,9 %), quri-lishda 114,9 % (9,9 %) va xizmatlarda 108,6 % (35,2 %)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAHM 4,8 % ga o‘sdi va 34 729,6 ming so‘mni tashkil etdi.
JIZZAX VILOYATINING YALPI HUDUDIY MAHSULOTI
Jizzax viloyatida YAHM hajmi 5,3 % ga o‘sdi va 43 057,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. YAHMning tarmoqlar tarkibida o‘sish sur’atlari: qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 101,3 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 40,5 %), sanoatda 107,2 % (17,3 %), qurilishda 107,8 % (6,2 %) va xizmatlar sohasida 109,0 % (36,0 %)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAHM 3,1 % ga o‘sdi va 28 281,0 ming so‘mni tashkil etdi.
QASHQADARYO VILOYATINING YALPI HUDUDIY MAHSULOTI
Qashqadaryo viloyatida YAHM hajmi 80 658,3 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2023- yil bilan taqqoslaganda 6,5 % ga o‘sdi. YAHMning tarmoqlar tarkibida ijobiy o‘sish sur’atlari: qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 104,2 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 32,7 %), sanoatda 108,0 % (17,7 %), qurilishda 112,1 % (8,0 %) va xizmatlar sohasida 106,8 % (41,6 %)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAHM 4,2 % ga o‘sdi va 22 405,1 ming so‘mni tashkil etdi.
NAVOIY VILOYATINING YALPI HUDUDIY MAHSULOTI
Navoiy viloyatida YAHM hajmi 117 297,8 mlrd so‘mga yetdi va o‘sish 7,7 % ni tashkil etdi. YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyoti tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,8 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 10,7 %), sanoatda 108,2 % (72,1 %), qurilishda 113,9 % (4,2 %) va xizmatlarda 106,9 % (13,0 %)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 5,8 % ga o‘sdi va 108 108,6 ming so‘mni tashkil etdi.
NAMANGAN VILOYATINING YALPI HUDUDIY MAHSULOTI
Namangan viloyatida YAHM 68 915,7 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu esa 2023- yil ma’lumotlariga nisbatan 7,6 % ga ko‘pdir. YAHMning o‘sish sur’ati qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 104,3 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 29,8 %), sanoatda 108,3 % (16,7 %), qurilishda 112,8 % (8,0 %) va xizmatlar sohasida 108,8 % (45,5 %) kuzatilgan ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. Aholi jon boshiga YAHM 5,3 % ga o‘sdi va 22 238,7 ming so‘mni tashkil etdi.
SAMARQAND VILOYATINING YALPI HUDUDIY MAHSULOTI
Samarqand viloyatida YAHM hajmi 99 866,1 mlrd so‘mni tashkil etdi va bu esa 2023- yilning ma’lumotlariga nisbatan 6,9 % ga ko‘pdir. Ushbu hududda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 102,7 % (YAHM tarkibidagi ulushi 32,5 %), sanoatda 107,6 % (16,7 %), qurilishda 111,7 % (5,9 %) va xizmatlar sohasida 109,2 % (44,9 %) o‘sish sur’at-lari kuzatildi. Aholi jon boshiga YAHM 4,6 % ga ko‘paydi va 23 481,3 ming so‘mni tashkil etdi.
SURXONDARYO VILOYATINING YALPI HUDUDIY MAHSULOTI
Surxondaryo viloyatida YAHM 5,9 % ga o‘sdi va 54 354,1 mlrd so‘mni tashkil etdi. YAHMning o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,2 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 39,1 %), sanoatda 108,9 % (9,6 %), qurilishda 108,8 % (9,4 %) va xizmatlar sohasida 107,4 % (41,9 %) kuzatilgan ijobiy o‘sish sur’atlari ta’sir qildi. Aholi jon boshiga YAHM 18 670,0 ming so‘mni tashkil etdi va 3,4 % ga o‘sdi.
SIRDARYO VILOYATINING YALPI HUDUDIY MAHSULOTI
Sirdaryo viloyatida YAHM hajmi 28 003,3 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2023- yilning ma’lumotlari bilan taqqoslaganda 4,5 % ga ko‘paydi. YAHMning o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 101,7 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 32,6 %), sanoatda 106,9 % (27,3 %), qurilishda 100,3 % (7,6 %) va xizmatlar sohasida 106,9 % (32,5 %) kuzatilgan ijobiy o‘sish sur’atlari ta’sir qildi. Aholi jon boshiga YAHM 30 359,2 ming so‘mni tashkil etdi va 2,6 % ga o‘sdi.
TOSHKENT VILOYATINING YALPI HUDUDIY MAHSULOTI
Toshkent viloyatida YAHM 6,7 % ga o‘sgan holda 146 385,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ushbu hududda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 101,5 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 17,7 %), sanoatda 106,9 % (44,5 %), qurilishda 110,1 % (7,2 %) va xizmatlar sohasida 109,3 % (30,6 %) ijobiy o‘sish sur’atlari kuzatildi. Aholi jon boshiga YAHM 2023- yilga nisbatan 4,7 % ga o‘sdi va 47 526,1 ming so‘mni tashkil etdi.
FARG‘ONA VILOYATINING YALPI HUDUDIY MAHSULOTI
Farg‘ona viloyatida YAHM hajmi 6,8 % ga o‘sdi va 91 333,0 mlrd so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 104,9 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 28,2 %), sanoatda 107,6 % (19,8 %), qurilishda 108,5 % (7,3 %) va xizmatlar sohasida 107,3 % (44,7 %)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAHM 4,6 % ga o‘sdi va 22 259,5 ming so‘mni tashkil etdi.
XORAZM VILOYATINING YALPI HUDUDIY MAHSULOTI
Xorazm viloyatida YAHM hajmi 6,4 % ga o‘sdi va 51 261,0 mlrd so‘mni tashkil etdi. YAHMning o‘sishi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,0 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 34,8 %), sanoatda 108,2 % (16,0 %), qurilishda 111,4 % (8,9 %) va xizmatlar sohasida 107,8 % (40,3 %)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAHM 4,4 % ga o‘sdi va 25 452,4 ming so‘mni tashkil etdi.
TOSHKENT SHAHRINING YALPI HUDUDIY MAHSULOTI
Toshkent shahrida YAHM hajmi 281 147,4 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2023- yil bilan taqqoslaganda 10,4 % ga o‘sdi. Sanoat tarmog‘ida 108,1 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 27,8 %), qurilishda 109,9 % (9,2 %) va xizmatlar sohasida 111,5 % (63,0 %) o‘sish sur’atlari kuzatildi. Aholi jon boshiga YAHM 91 376,6 ming so‘mni tashkil etdi va 7,6 % ga o‘sdi.
Shunday qilib, 2024-yilda O‘zbekistonning umumiy YaHM hajmi mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishini tasdiqlaydi. Toshkent shahri mamlakat iqtisodiyotiga eng katta hissa qo‘shib (19,3%), yetakchi o‘rinni egalladi. Toshkent va Navoiy viloyatlari mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni band etdi. Hududiy rivojlanish sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasidagi faol o‘sish tufayli ijobiy dinamikani ko‘rsatmoqda.
Kelajak istiqbollari va xulosalar
2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi barcha hududlarda ijobiy o‘zgarishlarni namoyish etdi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va xizmatlar sohasining muvozanatli rivojlanishi mamlakatning barqaror iqtisodiy siyosatini tasdiqlaydi. Kichik biznesning ulushi ortgani esa hukumatning tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa‘y-harakatlarini aks ettiradi.
Ushbu yil aholi turmush darajasini oshirish va iqtisodiy diversifikatsiya yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi. O‘zbekiston barqaror va muvozanatli iqtisodiy o‘sishga ega mamlakat sifatida o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda.
Barqaror o‘sishni ta‘minlash uchun infratuzilmani rivojlantirish, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va kichik biznesni rivojlantirishga e‘tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.