O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.04.2025 yildagi PF-67-sonli “Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoniga muvofiq 2025-yilning 1-iyunidan boshlab xorijiy fuqarolar uchun “oltin vizalar” joriy etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.04.2025 yildagi PF-67-sonli “Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoniga muvofiq 2025 yil 1 iyundan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 200 ming AQSH dollari hamda ularning har bir oila a’zosiga (turmush o‘rtog‘i, farzandi va ota-onasi) 100 ming AQSH dollari miqdoridagi to‘lovlar evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi 5 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi.