07 Avg, 2025

Iyun oyida O‘zbekiston Markaziy banki dunyodagi eng yirik oltin xaridoriga aylandi

Iyun oyida O‘zbekiston Markaziy banki oltin sotishdan xarid qilishga o‘tdi, deya xabar beriladi Jahon oltin kengashi (World Gold Council) hisobotida.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi va boshqa ochiq manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, yozning birinchi oyida jahon regulyatorlari o‘zlarining oltin zaxiralarini jami 22 tonnaga to‘ldirgan. Yil boshidan buyon qimmatbaho metallardagi zaxiralarning umumiy tonnaji 123 tonnaga oshdi.

Oltinning asosiy xaridori O‘zbekiston Markaziy banki bo‘ldi — bir oy ichida plyus 9 tonna. Bungacha regulyator qimmatbaho metallni ketma-ket to‘rt oy davomida sotgan edi.

Ikkinchi o‘rinni 7 tonna bilan Qozog‘iston Milliy banki egalladi. Bundan tashqari, Xitoy Xalq banki, shuningdek, Turkiya Markaziy banki va Chexiya Milliy banki bir oyda 2 tonnadan oltin sotib oldi.

Gana, Qatar, Qirg‘iziston va Filippin regulyatorlari yana bir tonnadan xarid qildilar. Iyun oyida oltinning yagona yirik sotuvchisi 6 tonnani sotgan Singapur Pul-kredit boshqarmasi bo‘ldi.

O‘zbekiston yilning birinchi yarmida qariyb 18 tonna sotgan holda, yil boshidan buyon qimmatbaho metallni sotish bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolmoqda. Singapur biroz kamroq (16 tonna) sotgan, uchinchi o‘rinda esa katta farq bilan Rossiya banki joylashgan.

Polsha Milliy banki yarim yil ichida eng ko‘p oltin sotib oldi — 67 tonna. Ikkinchi o‘rinda 35 tonna bilan Ozarbayjon Davlat neft jamg‘armasi, kuchli uchlikni esa Qozog‘iston (22 tonna) yakunlab berdi.

 

Manba: Spot.uz

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.