14 Noy, 2025

O‘zbekistonda chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 17,5 mingtaga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-noyabr holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 17 595 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Ulardan 4 204 tasi qo‘shma va 13 391 tasi xorijiy korxonalardir.

Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni oxirgi 5-yilda 1,9 barobarga oshgan.

O‘zbekistondagi chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha TOP-10 davlatlar:

  1. Xitoy — 4 731 ta;
  2. Rossiya — 3 177 ta;
  3. Turkiya — 2 090 ta;
  4. Qozog‘iston — 1 185 ta;
  5. Janubiy Koreya — 683 ta;
  6. Afg‘oniston — 636 ta;
  7. BAA — 396 ta;
  8. Tojikiston — 379 ta;
  9. Hindiston — 356 ta;
  10. AQSH — 328 ta.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ularning taqsimoti quyidagicha:

  • Savdo — 6 286 ta;
  • Sanoat — 3 647 ta;
  • Qurilish — 1 358 ta;
  • Axborot va aloqa — 1 354 ta;
  • Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar — 725 ta;
  • Tashish va saqlash — 572 ta;
  • Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 437 ta;
  • Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish — 206 ta;
  • Boshqa turlar — 3 010 ta.

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.