Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 18.164 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Ulardan 4.247 tasi (23%) qo‘shma va 13.917 tasi (77%) xorijiy korxonalardir.
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni oxirgi 5-yilda 1,9 barobarga oshgan.
O‘zbekistondagi chet el nvestitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha TOP-10 davlatlar:
- Xitoy — 5 044 ta (27,8%);
- Rossiya — 3 181 ta (17,5%);
- Turkiya — 2 137 ta (11,8%);
- Qozog‘iston — 1 212 ta (6,7%);
- Janubiy Koreya — 693 ta (3,8%);
- Afg‘oniston — 635 ta (3,5%);
- BAA — 414 ta (2,3%);
- Tojikiston — 389 ta (2,1%);
- Hindiston — 375 ta (2,1%);
- AQSH — 340 ta (1,9%).
Boshqa mamlakatlar 3744 ta yoki 20,6% ni tashkil etdi.