Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonning doimiy aholisi 38 236 704 kishini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 693,5 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko‘paygan.
2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisining hududlar kesimidagi soni quyidagicha:
| Hudud nomi | Aholi soni (ming kishi) | Ulushi (%) |
| Samarqand viloyati | 4 379,8 | 11,46% |
| Farg‘ona viloyati | 4 223,0 | 11,05% |
| Qashqadaryo viloyati | 3 717,0 | 9,73% |
| Andijon viloyati | 3 521,8 | 9,21% |
| Namangan viloyati | 3 190,8 | 8,35% |
| Toshkent shahri | 3 178,1 | 8,32% |
| Toshkent viloyati | 3 160,7 | 8,27% |
| Surxondaryo viloyati | 3 011,0 | 7,88% |
| Buxoro viloyati | 2 107,0 | 5,51% |
| Xorazm viloyati | 2 069,2 | 5,42% |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 2 053,2 | 5,37% |
| Jizzax viloyati | 1 566,9 | 4,10% |
| Navoiy viloyati | 1 111,9 | 2,91% |
| Sirdaryo viloyati | 946,3 | 2,48% |