24 Noy, 2022

Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki «Pul-kredit siyosatining 2023 yil va 2024-2025 yillar davriga moʼljallangan asosiy yoʼnalishlari»ni chop etdi

Pul-kredit siyosatining 2023 yil va 2024-2025 yillar davriga moʼljallangan asosiy yoʼnalishlari Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori bilan tasdiqlandi.

Pul-kredit siyosatining asosiy yoʼnalishlarida 2023 yil va 2024-2025 yillar davrida makroiqtisodiy rivojlanish stsenariylaridan kelib chiqib pul-kredit sohasida amalga oshiriladigan tadbirlar, tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar oʼzgarishlariga Markaziy bankning munosabati va javob choralari, pul-kredit siyosatini yuritishdagi yondashuvlar va takomillashtirish istiqbollari aks ettirilgan.

Shuningdek, kelgusida pul-kredit siyosatini takomillashtirish yoʼnalishlari, xususan, operatsion mexanizmini rivojlantirish, pul-kredit siyosati kommunikatsiyasini takomillashtirish, transmission mexanizmi samaradorligini oshirish va tahliliy-prognozlashtirish salohiyatini rivojlantirish yoʼnalishlariga ham alohida toʼxtalib oʼtilgan.

Ushbu hujatning toʼliq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.