21 Iyn, 2023

O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil yanvar-may oylarida tashqi savdo aylanmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2023-yilning yanvar-may oylarida 25,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 5,2 mlrd. AQSH dollariga yoki 25,4%ga oshgan.

TSAda eksport hajmi 10 511,5 mln. AQSH dollariga (2022- yilning yanvar-may oylariga nisbatan 24,1% ga ko‘paydi) va import hajmi 15 306,2 mln. AQSH dollariga (26,4% ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida -4 794,7 mln. AQSH dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-may oylarida jahonning 182 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

TSAning nisbatan salmoqli hissasi XXRda (17,6%), Rossiyada (14,9%), Qozogʻistonda (7,5%), Turkiyada (5,0%), Koreya Respublikasida (4,0%), Germaniyada (3,5%) va Qirg‘iz Respublikasi (1,6%) qayd etilgan.

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.