23 Okt, 2023

O’zbekiston Respublikasida 2023-yilning 9 oyi yakuni bo’yicha asosiy kapitalga investitsiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra 2023 yilning yanvar-sentabr oylarida jami 226,6 trln. so‘m (19,6 milliard AQSh dollaridan ortiq) asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 111,8% ni tashkil etdi.

Asosiy kapitalga investitsiyalarning tarkibida 62,0% yoki 140,5 trln. so‘m investitsiyalar jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 38,0% yoki 86,1 trln. so‘m moliyalashtirildi.

Shuningdek, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 29,6 trln. so’mni tashkil etgan bo lsa, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 197,0 trln. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2023 yilning yanvar-sentabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 62,8 trln. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 27,7%ini tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 10,3% yoki 23,3 trln. so‘mi o‘zlashtirildi.

To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 43,6 trln. so‘mni tashkil etdi va jami investitsiyalardagi ulushi 2022 yilning mos davriga nisbatan 4,5 punktga ko‘payib 19,2%ni tashkil etdi.

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.