Oʻzbekiston — biznes uchun Markaziy Osiyodagi eng qulay mamlakat
Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning investitsion jozibadorligi oshib bormoqda. Albatta, bunga erishishda qator omillarning oʻrni muhim. Jumladan, mamlakatning strategik joylashuvi, davom etayotgan iqtisodiy islohotlar va katta tabiiy resurslarga ega ekani investorlar uchun qulay muhitni yaratadi. Poytaxtimiz Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Xalqaro investitsiya forumida ham “Nima uchun Oʻzbekistonga sarmoya kiritish kerak?” mavzuyidagi panel sessiyasi ish boshladi.
“Saviday” kompaniyasining Milliy iqtisodiy rivojlanish loyihalari maslahatchisi Shon MakEllin moderatorligida oʻtgan panel muhokamasida Markaziy Osiyo mintaqasida Oʻzbekistonning oʻrni, uning boy investitsiyaviy imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Spiker sifatida quyidagilar ishtirok etishdi:
Umar N. Al Midani, Vision Invest prezidenti va bosh direktori,
Raad Al-Saadi, ACWA Power kompaniyasi raisi oʻrinbosari;
Mehmet Arif Ozozan, UCC Holding klaster bosh direktori
Nasir Fares Mas’ud, “Concept Realisation” asoschisi va ijrochi direktori;
Mixail Nibladze, “Cerberus Frontier” ijrochi direktori;
Adrian Shtayner, Mitinhaber Thermoplan AG bosh direktori.
UCC Holding klaster bosh ijrochi direktori Mehmet Arif Ozozan mamlakatimizda soʻnggi yillarda erishilgan yutuqlarga alohida urgʻu berib, shunday dedi:
- Men Oʻzbekistonni koʻp yillardan beri bilaman, 10 yil oldin bu yerga kelib, biznes bilan shugʻullanganman. Bundan tashqari, kelib chiqishim turk boʻlgani sababli bu yerda madaniyat, an’ana va boshqa jihatlartda oʻxashashliklarni koʻraman.
Oʻshanda kelganimdan buyon, aytishim mumkinki, 3-4ta yoʻnalishda ulkan siljishlar roʻy bergani koʻzga tashlandi: ishga sadoqat, liderlik va uzoqni koʻra bilish. Bundan tashqari YaIM miqdori deyarli ikki barobar oshgan.
Oʻzbekiston juda ochiq mamlakat, bu yerda investorlar uchun doʻstona muhit shakllantirilgan. Bu mamlakat uchun juda katta yutuq va taraqqiyot sari shunday tezlikda harakatlanish kishini hayratga solmay qolmaydi.
Oʻzbekiston juda qisqa muddatda bu qadar katta natijalarga erishganligi bilan faxrlansa arziydi. Bu mamlakatning xalqaro investorlar uchun jozibadorligini oshiradi va ularning diqqatini jalb etadi.
Umuman, korporatsiyalar haqida gapiradigan boʻlsam, Qatar va Oʻzbekiston juda yaxshi siyosiy va strategik aloqalarni yoʻlga qoʻymoqda. Shuning uchun, Qatar konglomerati sifatida biz strategik maqsadimiz doirasida bu yerga kelib, nafaqat hozir yuritilayotgan energetika biznesiga investitsiya kiritish, balki boshqa sohalarda ham faol boʻlishga qaror qildik. Biz transport, aeroportlar, energetika sektori, elektr oʻtkazgichlar liniyalari va boshqa infrastruktura yoʻnalishlariga hissa qoʻshishga intilamiz.
Shu tariqa, bizning investitsiyalarimiz uzoq muddatli boʻladi va bu har ikki mamlakat uchun birdek manfaat olib keladi.
Oʻsib borayotgan iste’mol bozori, ishchi kuchining doimiy yangilanib borish imkoniyati, Osiyo va Yevropa oʻrtasidagi transport koridorlarida strategik joylashuv, 6 000dan ortiq mahsulot uchun Yevropa Ittifoqi bozoriga tarifsiz kirish imkoniyati, boy tabiiy resurslar va raqobatbardosh xarajatlar investorlar uchun qulay biznes sharoitini yuzaga keltirishi ta’kidlandi.
Umar N. Al Midani, Vision Invest prezidenti va bosh direktori:
- Oʻzbekistonga investitsiya kiritish uchun kelayotgan xilma-xil xalqaro korporatsiyalarni koʻrganda oʻzingizga “bu mamlakatda nimadir toʻgʻri qilinyapti” deysiz. Keyin esa samolyotga oʻtirasiz. Men ilgari hech qachon bu mamlakatda boʻlmaganman. Undan nima kutish mumkinligini bilmaganman. Ammo oʻz-oʻzimga bunaqasini kutmagandim, dedim. Men bunday goʻzal mamlakat, bunday mehmondoʻst xalqni koʻrishni kutmagan edim. U juda toza, xavfsiz va tartibli, keyin shahar boʻylab yurib, madaniyatni koʻra boshlaysiz.
Shuningdek, bu mamlakat uzoqni koʻrib boshqarilayotganini koʻrasiz. Maqsadlari, qaysi yoʻnalishda harakatlanayotgani aniq bu mamlakatning rahbariyati, vazirlari bilan suhbatlashib, «Bu oʻsha menda ishonch uygʻotgan hamkor” degan xulosaga kelasiz. Ular barcha nozik jihatlarni bilishadi. Ular oʻz mamlakatida qanday ishlarni amalga oshirmoqchi eklanliklarini anglashadi.
Biz bu yerda bir yil oldin Vision Invest kompaniyasi bilan ish boshladik. Hozirda koʻplab imkoniyatlarni koʻrib chiqyapmiz va shaxsiy tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, Oʻzbekistondagidek barcha zarur tarkibiy qismlar mavjud ekotizimni hamma yerda ham uchratavermaysiz.
Bu menga saudiyaliklar 2015-yilda boshidan kechirgan transformatsiyalarni eslatdi. Agar siz hozir koʻrayotganlaringizni tushunmoqchi boʻlsangiz, 2017-yilgacha va 2017-yildan keyingi Oʻzbekiston oʻrtasidagi farqni tushunishingiz kerak, dedi Al-Midani.