Tenderlarni qo’llab-quvvatlash va Xorijiy kompaniyalar manfaatlarini ifodalash

Tenderlarni qo’llab-quvvatlash

Biz xorijiy va mahalliy korxonalar uchun tayyor holatgacha Tenderlarni qoʻllab-quvvatlashni taqdim etamiz hamda tenderlar, tanlovlar, auktsionlar va elektron savdolarda ishtirok etishda yordam beramiz, O’zbekistonda sanoat, qurilish, ko’chmas mulk, transport, informatika va aloqa, qishloq xo’jaligi, energetika va boshqa yo’nalishlar bo’yicha xarid e’lonlari to’g’risida bozor monitoringini olib boramiz, mijozlarimiz manfaatlarini hisobga olgan holda optimal tenderlarni tanlab olamiz.

Tenderni qo’llab-quvvatlash xizmatlari, shuningdek, savdo Buyurtmachisi va g’alabaga da’vogar raqobatchilar faoliyatini tahlil qilishni ham o’z ichiga oladi.

Mutaxassislarimiz tomonidan hujjatlarni malakali tayyorlash tenderlarda qatnashish va foydali shartnomalar tuzish uchun arizalarni qabul qilish imoniyatini ta’minlaydi.

 

Xorijiy kompaniyalar manfaatlarini ifodalash

Biz xorijiy kompaniyalarga ularning manfaatlarini ifodalash va himoya qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatamiz, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida xorijiy kompaniyalarning biznesini rivojlantirishga yordam beramiz.

Ushbu yo’nalishda biz bilan hamkorlik qilishning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • O‘zbekiston Respublikasi bozoriga bevosita chiqish va ishlash;
  • bosh xorijiy kompaniya mijozlari doirasini ta’sis etilgan mamlakatdan tashqarida kengaytirish;
  • hamkorlar va ularning maslahatlarini izlashda yordam berish;
  • nafaqat xorijiy kompaniyaning ma’lum buyurtmalarini bajarish, balki ishonchli vakil orqali muzokaralar, uchrashuvlar, boshqa tadbirlarni tashkil etish va bitimlar tuzish;
  • potentsial investorlarning takliflarini ko’rib chiqish va ma’lumotlarni xorijiy kompaniyaga taqdim etish;
  • turli tender va auksionlarda xorijiy kompaniya nomidan ishtirok etishni tashkil etish;
  • bozor tadqiqotlarini o’tkazish va reklama faoliyatini rivojlantirish;
  • bozor kon’yunkturasini o‘rganish, qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha ma’lumotlarni va takliflarni umumlashtirish va boshqalar.

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.