Eksport-import operatsiyalari

Yordam ko’rsatamiz:

  • eksport qiluvchi va import qiluvchi kompaniyalar uchun tashqi savdo operatsiyalarida;
  • eksportchilar va importchilarni moliyaviy va nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlashning keng ko‘lamli chora-tadbirlarini taqdim etishda;
  • eksportni moliyalashtirishni tashkil etishda;
  • tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishda, logistika, bojxona ma’muriyatchiligi, sertifikatlashtirish, patentlash va QQSni qaytarish sohalarida huquqiy va maslahat yordamini ko‘rsatishda;
  • import qiluvchi mamlakat xususiyatlarini hisobga olgan holda tashqi bozorlarda brend va mahsulotlarni ilgari surishga qaratilgan marketing tadbirlari majmuasini (shu jumladan, ilmiy-tadqiqot ishlarini) ishlab chiqish va amalga oshirishda;
  • eksportchilar/importchilarga axborot va konsalting yordamini ko‘rsatish va istiqbolli bozorlarni aniqlash maqsadida marketing tahlillarini o‘tkazishda;
  • chet ellik xaridorni topishda ko‘maklashish va shartnoma tuzish bosqichigacha bo‘lgan muzokaralar jarayonini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan shartnomalar va bitimlar loyihalarini tayyorlashda;
  • tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdagi boshqa muammolarni hal qilishda.

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.