O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra 2024-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 36.835,4 million AQSh dollarini tashkil etdi va 2023 yilning shu davriga nisbatan 1.859,5 million AQSh dollarga. AQSH dollariga yoki 5,3%ga o‘sdi.
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmidan eksport 14.786,0 million AQSh dollarini (tashqi savdo aylanmasida eksport ulushi 40,1 foiz), import esa 22.049,3 million AQSh dollarini (tashqi savdo aylanmasidagi import ulushi 59,9 foizni) tashkil etdi. Natijada O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi saldosi -7.263,3 million AQSh dollari miqdorida manfiy saldoni tashkil etdi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 187 davlati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy (18,6 foiz), Rossiya (18,5 foiz), Qozog‘iston (6,2 foiz), Turkiya (4,6 foiz) va Koreya Respublikasi (3,2 foiz) bilan qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil yanvar-iyul oylari uchun tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlari quyidagi infografikada keltirilgan: