10 Sen, 2024

O‘zbekiston KOICA bilan birgalikda 300 million dollarlik loyihalarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Joriy yilning 9-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) prezidenti Chang Von Sam bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonning tashqi siyosati va tashqi iqtisodiy yonalishlarida eng yaqin hamkorlaridan biri bo‘lgan Koreya Respublikasi bilan ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirishning ijobiy dinamikasini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

KOICAning O‘zbekistonda ta’lim, davlat boshqaruvi, tibbiyot va raqamlashtirish sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi alohida ta’kidlandi. Agentlik tomonidan qiymati 250 million dollardan ortiq 40 dan ko‘proq loyiha va dastur amalga oshirilgan.

Shu bilan birga, hamkorlikni yanada faollashtirishning aniq yo‘nalishlari, jumladan, mamlakatimiz hududlarida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, infratuzilmaviy va ijtimoiy ahamiyatga ega hududiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, O’zbekistonda eksport va investitsiya siyosatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha loyihalarga konsalting va texnik ko‘makni jalb qilishga kelishildi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va KOICA oʻrtasida Oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi. Unda davlat boshqaruvi va ma’murchiligini raqamlashtirish, iqlim o’zgarishiga qarshi kurash va ta’lim sohasini rivojlantirish sohalarida umumiy qiymati 300 million dollarlik 29 ta istiqbolli loyiha oʻz aksini topdi.

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.