Jahon banki Oʻzbekistonni xususiy sektor, ijtimoiy himoya va iqlim oʻzgarishiga tayyorlik tizimini rivojlantirishda qoʻllab-quvvatlaydi
VASHINGTON, 2024-yil 4-oktabr –Jahon banki direktorlar kengashi Oʻzbekistondagi islohotlar dasturini qoʻllab-quvvatlash uchun 800 million dollarlik imtiyozli kreditlar koʻrinishidagi moliyaviy paketni tasdiqladi. Ushbu islohotlar mamlakatning inklyuziv va barqaror bozor iqtisodiyotiga oʻtishinijadallashtirishga qaratilgan.
Hukumatning Jahon banki tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan islohotlar dasturi mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash; qishloq xoʻjaligi, temir yoʻl va energetika sektorlarida samaradorlikni oshirish; davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish; ijtimoiy himoya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; mamlakatni atrof-muhit va iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq xatarlarga tayyorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Ushbu islohotlarni amalga oshirish uchun Jahon banki tomonidan 800 million dollar miqdoridagi imtiyozli kreditlar ajratiladi. Ushbu mablagʻlar hukumatga xalqaro moliya bozorlarida mavjud boʻlgan qarz olish imkoniyatlariga nisbatan pastroq foiz stavkalarida va kreditni qoplash uchun uzoqroq muddatlar bilan taqdim etiladi. Bu Oʻzbekistonga dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga yoʻnaltirilishi mumkin boʻlgan katta miqdordagi moliyaviy resurslarni tejashga yordam beradi.
Jahon bankining mablagʻlari hukumatga muhim islohotlar dasturini amalga oshirishda yordam beradi. Ushbu islohotlar quyidagi sohalarda aniq natijalarga erishishni koʻzlaydi:
- Ijtimoiy himoya tizimi:Fuqarolarning muayyan toifalari uchun ishsizlik, kasallik va onalik nafaqalari qamrovini kengaytirish.
- Gender zoʻravonlikka qarshi kurash:Maishiy va jinsiy zoʻravonlik qurbonlarining huquqlarini yanada samarali himoya qilish uchun huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish.
- Fermerlarning qishloq xoʻjaligi yerlariga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini taʻminlash: Ushbu huquqlarga rioya etilishini kafolatlovchi mexanizmlarni rivojlantirish. Ularning qonunchilikda mustahkamlanishi fermerlarni xoʻjalik yuritishning yanada samaraliroq usullariga sarmoya kiritishga ragʻ Bu, oʻz navbatida, qishloq xoʻjaligi yerlarining hosildorligi va iqlim oʻzgarishlariga chidamliligini oshiradi.
- Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash: Investorlarning huquq va manfaatlarini yanada ishonchli himoya qilishni kafolatlaydigan qonun hujjatlarini ishlab chiqish. Shuningdek, bu investorlar uchun xizmatlar sifatini yaxshilashga yordam beradi hamda katta hajmdagi xorijiy va ichki investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoit
- Davlat moliyalarini boshqarish: Fiskal risklar boʻyicha hisobot mexanizmlarini ishlab chiqish va davlat xaridlarini boshqarishni takomillashtirish. Ushbu chora-tadbirlar byudjet mablagʻlaridan foydalanishning shaffofligini va samaradorligini oshiradi.
- Iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish: Iqlim oʻzgarishiga hissa qoʻshadigan atmosferaga chiqindilar chiqarishni qisqartirishni ragʻbatlantiruvchi qonunchilikni ishlab chiqish. Ushbu qonunchilik,shuningdek, iqtisodiyotning eng koʻp energiya sarflaydigan tarmoqlarida energiya samaradorligini ragʻbatlantirishga ham qaratilgan.
- Suv resurslarini boshqarish: Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda suv yetkazib beruvchilar va suvdan foydalanuvchilarning masʻuliyatini kuchaytirish uchun institutsional va huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish. Ushbu chora-tadbirlar, shuningdek, sohaga davlat investitsiyalarini jalb qilish va qoʻshni davlatlar bilan muvofiqlashtirilgan holda transchegaraviy suv resurslarini boshqarishni yaxshilash imkonini ham beradi.
- Atrof-muhit va iqlimga taʻsirni baholash: Iqlim oʻzgarishi, ekologik omillar va havoning ifloslanishi iqtisodiyotning turli tarmoqlariga, shuningdek, odamlarning sogʻligʻi va farovonligiga taʻsirini baholash boʻyicha hokimiyat salohiyatini rivojlantirish. Bu, shuningdek, atrof-muhitni, shu jumladan atmosfera havosi, tuproq, yer usti va yer osti suvlari, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish sohasidagi salohiyatni rivojlantirishni ham nazarda tutadi.
- Iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirishgainvestitsiyalar: Xususiy investorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ekologik jihatdan toza loyihalarda davlat investitsiyalarining ulushini oshirish. Ushbu yondashuv mamlakatga tugab borayotgan tabiiy resurslardan yanada samarali foydalanish va “yashil” iqtisodiyotga oʻtishni tezlashtirish imkonini beradi.
- Temir yoʻl sektori: Temir yoʻl sektorining samaradorligi va daromadliligini oshirish, temir yoʻl infratuzilmasini modernizatsiya qilishga xususiy investitsiyalarni jalb qilish va ushbu sektorda atmosferaga chiqadigan chiqindilarni qisqartirish uchun huquqiy bazani yaxshilash.
- Energetika sektori: Sektor faoliyati samaradorligini oshirish va uni modernizatsiya qilishga xususiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida energiya tariflari tizimini isloh qilish. Aholining zaif qatlamlarini tariflar oshishi oqibatlaridan himoya qilishga qaratilgan ijtimoiychora-tadbirlarni amalga oshirish. Qayta tiklanuvchi manbalardan energiya ishlab chiqarishda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish uchun huquqiy va institutsional bazani takomillashtirish.
Jahon bankining Oʻzbekistondagi faoliyati haqida batafsil maʻlumot.