O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida 14 871 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Shundan, 1/3 qismi qo‘shma korxonalar, 2/3 qismi esa 100% chet el kapitaliga ega xorijiy korxonalar hisoblanadi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar sonining mamlakatlar kesimidagi taqsimoti
O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokidagi faoliyat yuritayotgan korxonalar va tashkilotlar quyidagi mamlakatlar bo‘yicha taqsimlanadi:
- Xitoy – 3 357 ta korxona (22,5%)
- Rossiya – 2 937 ta korxona (19,7%)
- Turkiya – 1 826 ta korxona (12,3%)
- Qozog‘iston – 1 041 ta korxona (7,0%)
- Janubiy Koreya – 644 ta korxona (4,3%)
- AQSh – 304 ta korxona (2,0%)
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar sonining tarmoqlar kesimidagi taqsimoti
O‘zbekistonda chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar turli sohalarda faoliyat yuritadi. Eng katta ulush quyidagi tarmoqlarga to‘g‘ri keladi:
- Savdo – 35,6%
- Sanoat – 21,6%
- Qurilish – 7,4%
- Axborot va aloqa – 7,0%
- Mehmonxona va ovqatlanish xizmatlari – 4,0%
- Transport va saqlash – 3,4%
- Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi va baliqchilik – 2,7%
- Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar – 1,3%
- Boshqa sohalar – 17,0%
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar sonining hududlar kesimidagi taqsimoti
O‘zbekiston Respublikasi hududlari bo‘yicha chet el investitsiyalari ishtirokidagi faoliyat yuritayotgan korxonalar va tashkilotlar soni quyidagicha taqsimlangan:
- Toshkent shahri – 9 949 ta korxona (65,0%)
- Toshkent viloyati – 1 755 ta korxona (11,5%)
- Samarqand viloyati – 597 ta korxona (3,9%)
- Farg‘ona viloyati – 497 ta korxona (3,2%)
- Surxondaryo viloyati – 471 ta korxona (3,1%)
- Buxoro viloyati – 350 ta korxona (2,3%)
- Andijon viloyati – 326 ta korxona (2,1%)
- Navoiy viloyati – 242 ta korxona (1,6%)
- Sirdaryo viloyati – 227 ta korxona (1,5%)
- Namangan viloyati – 209 ta korxona (1,4%)
- Jizzax viloyati – 205 ta korxona (1,3%)
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 176 ta korxona (1,2%)
- Qashqadaryo viloyati – 151 ta korxona (1,0%)
- Xorazm viloyati – 142 ta korxona (0,9%)