27 Fev, 2025

YeTTB: 2026 yilda O‘zbekiston YaIM 6%ga oshadi

Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YeTTB) hisobotiga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 6% ga o‘sishi kutilmoqda.

YeTTB tomonidan e’lon qilingan «Savdo va investitsiyalarning parchalanishi fonida YeTTB hududlarida iqtisodiy o‘sish sekinlashmoqda» nomli hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston YaIM 2025 yilda 6% ga oshadi.

2026 yilda ham O‘zbekiston YaIM 6% ga o‘sishi prognoz qilinmoqda. YeTTB, shuningdek, 2024 yilda xizmatlar sektori hisobiga O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishining yuqori bo‘lganini qayd etdi.

«Inflyatsiya 2024 yil o‘rtalarida 10,6% darajasiga yetib, energiya narxlarini liberallashtirish fonida eng yuqori cho‘qqiga chiqdi. Biroq, shundan keyin asta-sekin pasayib, 2024 yil dekabr oyida 9,8% ga tushdi,» deyiladi hisobotda.

Mintaqaviy ko‘rsatkichlarga kelsak, YeTTB prognoziga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti 2025 yilda 5,7% ga o‘sishi kutilmoqda.

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.